O‘zbekistonning Britaniyadagi elchisi Abduqodir Husanov bilan uchrashdi
Uchrashuvda «Manchester Siti»da to‘p surayotgan yosh o‘zbekistonlikning futboldagi karerasi, o‘zbek diasporasining qo‘llab-quvvatlovi va kelajakdagi rejalar muhokama qilindi.

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Ravshan Usmonov «Manchester Siti» futbol klubida top surishni boshlagan Abduqodir Husanov bilan uchrashdi, deb xabar beradi «Dunyo» agentligi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda yosh o‘zbekistonlikning futboldagi karerasi, o‘zbek diasporasining qo‘llab-quvvatlovi va kelajakdagi rejalar muhokama qilingan.
Elchi Abduqodir Husanov o‘zbek futbolning faxriga aylanganini ta’kidlab, uning eng kuchli ligalardan biridagi yo‘li yosh avlodni ilhomlantirishiga ishonch bildirgan. O‘z navbatida, futbolchi O‘zbekistonni jahon arenalarida sharaf bilan namoyon etish uchun yanada ko‘proq mehnat qilishga va’da bergan.
Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishga va yosh iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan ijtimoiy loyihalar ham muhokama qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev yanvar oxirlarida Birlashgan Arab Amirliklariga qilgan safari chog‘ida «Manchester Siti» klubi egalari sanalmish Abu Dabi valiahd shahzodasi Shayx Xolid ibn Muhammad Ol Nahayon bilan uchrashgan edi. O‘zbekiston prezidenti Abu Dabi valiahd shahzodasi Shayx Xolid ibn Muhammad Ol Nahayon bilan uchrashuvda Abduqodir Husanovning «Manchester Siti» klubiga o‘tishi haqida ham suhbatlashgan.
Ma’lumot uchun, Husanov Angliya Premer-ligasida to‘p suradigan ilk o‘zbek futbolchisiga aylandi. U transfer borasida ham o‘zbek futbolchilarining rekordini yangiladi.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Toshkent – Bali yo‘nalishida tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilmoqda
Jamiyat | 19:00 / 17.06.2025
-
Eron Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga zarba berish uchun raketalarni tayyorladi – OAV
Jahon | 01:54
-
Kanada Putinning sobiq rafiqasiga sanksiyalar joriy qildi
Jahon | 01:29
-
«Andijon do‘ppisi» va «So‘qoq somsasi» geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olindi
O‘zbekiston | 00:51
Mavzuga oid

18:11 / 14.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JCh boshlanmoqda: unda kimlar ishtirok etadi?

20:39 / 28.05.2025
Abduqodir Husanov uylandi

23:01 / 17.05.2025
«Siti» Angliya Kubogi finalida yutqazdi, Husanov kumush medal taqdi

18:17 / 04.05.2025