“Oziq-ovqat xavfsizligi töğrisida”gi qonun qabul qilindi.

Qonun oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

Qonun aholining oziqlik qimmatiga ega bölgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan xavfsiz ovqatlanişini ta’minlaşga, samarali bozor mexanizmlarini şakllantiriş hamda oziq-ovqat mahsulotlari va xomaşyosini işlab çiqarişga nisbatan tatbiq etiladi.

Vazirlar Mahkamasi oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosati amalga oşirilişini ta’minlaydi hamda Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi yuzaga kelganda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş böyiça tezkor çora-tadbirlarni belgilaydi.

Qişloq xöjaligi vazirligi oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Oziq-ovqat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan qöllab-quvvatlaşning maqsadi mamlakat aholisining ijtimoiy ahamiyatga molik asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga bölgan ehtiyojlarini mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari va xomaşyosini işlab çiqariş hisobiga qanoatlantirişdan iborat.

Oziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol normalari mamlakatning demografik, ijtimoiy va iqtisodiy körsatkiçlariga asosan har 3 yilda qayta körib çiqiladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 6 oy ötgaç kuçga kiradi.