Qayd qilinişiça, aholi va iqtisodiyotning ösib borayotgan ehtiyojidan kelib çiqib, transport tarmoği izçil rivojlantirilmoqda. Davlat rahbarining 2023 yil 10 oktyabrdagi qaroriga muvofiq, yöl xöjaligi sohasi takomillaştirildi, yöl quriş, ta’mirlaş va ulardan foydalaniş kölami oşdi.
Uşbu qarorda zamonaviy avtomobil yöllarini taşkil etiş istiqbollari ham belgilangan. Jumladan, ötgan vaqtda Jahon banki iştirokida «Toşkent – Andijon» muqobil yöli loyihalaştirildi. Umumiy uzunligi 314 kilometr bölgan bu tezyurar magistral foydalanişga topşirilişi natijasida Toşkentdan Andijonga yetib boriş vaqti 5 soatdan 3 soatgaça qisqaradi. Şuningdek, bu yalpi içki mahsulotni 2,6 foizga oşirib, avtohalokatlarni 40 foizga kamaytirişi mumkin.
Yaqinda uşbu loyiha böyiça xalqaro tender e’lon qilindi. Qisqa vaqtda unga köplab nufuzli xorijiy kompaniyalar qiziqiş bildirgan. Yiğilişda mazkur loyiha böyiça takliflar körib çiqildi. Transport vazirligiga yuklamasi köp boşqa yöllarda ham muqobil magistrallar quriş, yöllarda qulaylik va xavfsizlikni kuçaytiriş, turli pullik xizmatlarni taşkil etiş yuzasidan topşiriqlar berildi.
Davlat rahbariga Birlaşgan Arab Amirliklarining “AD Pors Group” kompaniyasi bilan hamkorlikda Navoiy viloyatida “quruq port” taşkil qiliş loyihasi töğrisida ham axborot berildi.












