Rustam Qurbonov 2007 yilda odam öldirişga suiqasd jinoyatida ayblanib, 19 yilga ozodlikdan mahrum qilinadi. Oradan 17 yil ötib ozodlikka çiqqanida esa Ohangaron şahridagi qonuniy mulki hisoblangan kvartirasi sud qarori bilan boşqa şaxsga ötib ketgani ma’lum böladi. Uni özlaştirgan şaxs Qurbonovga begona emas – eski tanişi, ayni paytda Ohangaron şahar hokimi örinbosari bölgan Zufar Karimov. Sudda kvartira egasi iştirok etmagan: şov-şuvli jinoyat sodir qilib uzoq muddatga “kesilgan” odamni “Rossiyaga işlaş uçun ketdi va 4 yildan beri undan xabar bölmadi” deb rasmiylaştirişgan. Işni jamoatçilikka taniş sudya, fuqaroning uyini soxta hujjatlar bilan öz nomiga ötkazib, sotib yuborgan Namangan viloyat sudi raisining örinbosari Abdurahmon Safayev körgan.
19 yillik qamoq
2007 yilda Toşkent viloyatining Ohangaron şahrida şov-şuvli jinoyat yuz beradi: fuqaro Rustam Qurbonov Ohangaron tumani IIB boşliği örinbosariga töpponçadan öq uzib, yelkasidan jarohatlaydi.
Rustam Qurbonov Jinoyat kodeksining 25,97 (qasddan odam öldirişga suiqasd qiliş) va boşqa moddalari bilan aybli deb topilgan va 2008 yil aprel oyida 19 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Jazo u xibsga olingan sana – 2007 yil 26 oktyabrdan boşlab hisoblangan. IIB mulozimining otilişi bilan boğliq bölgani bois uşbu jinoyat tafsilotlari öşa vaqtda köpçilikning quloğiga yetib borgan edi.
2024 yil oktyabr oyi oxirida ozodlikka çiqqan Qurbonov jazo muddatining ilk yillarida Ohangaron şahridagi uyini tanişi Zufar Karimov sudning hal qiluv qarori bilan öz nomiga rasmiylaştirib olganini aytmoqda. U Kun.uz’ga taqdim qilgan hal qiluv qarori nusxasida Zufar Karimov çindan ham Rustam Qurbonovning uyini öz nomiga rasmiylaştirib olgani körinadi.
Zufar Karimov ayni paytda Ohangaron şahri hokimi örinbosaridir.
“Topilmagan” odam va sudning savollarga töla qarori
Nizoli xonadonning Rustam Qurbonovdan Zufar Karimovga ötişi fuqarolik işlari böyiça Ohangaron sudining 2008 yil 17 sentabrdagi hal qiluv qarori bilan asoslantirilgan. Işni öşa paytda fuqarolik işlari böyiça Ohangaron tumanlararo sudi raisi bölgan Abdurahmon Safayev körib çiqqan.
Hal qiluv qaroriga köra, da’vogar Zufar Karimov sudga javobgar Rustam Qurbonovga nisbatan Ohangaron şahri, 1-kiçik tuman, 51-uyning 2-xonadoni oldi-sotdi bitimini haqiqiy deb topiş töğrisida da’vo arizasi kiritgan.
Sudda Zufar Karimov xonadonni 2004 yil 14 aprelda egasi Rustam Qurbonovdan 2 ming AQŞ dollariga sotib olganini, bunga guvohlari borligini, Qurbonov tilxat yozib berganini aytgan.
Hal qiluv qarorida Zufar Karimovning körsatmalari şunday bayon etiladi:
“Rustam Qurbonov pulni töliq olganidan söng menga uy kaliti va hujjatlarini berdi. Keyin xonadonni tez kunda notarial idora orqali rasmiylaştirib berişini va’da qildi.
Xonadonning kommunal va boşqa tölovlari böyiça Qurbonovning qarzlari köp edi. U men bergan puldan mana şu qarzdorliklarni yopib berişi lozim bölgan. Lekin u köp ötmasdan Rossiyaga işlaş uçun ketdi (!) va 4 yildan beri undan xabar bölmadi. Uni qarindoşlari orqali ham suriştirib topa olmadim.
Xonadonda 4 yildan beri oila a’zolarim bilan yaşab, barça tölovlarni amalga oşirib kelyapman”.
Sud Rustam Qurbonovning “aniq yaşaş manzili noma’lum bölganligi sababli” (?) işni uning iştirokisiz körib çiqişni lozim topgan.
Sudda guvoh sifatida söralgan K.Sattorov hamda B.Şometov ismli şaxslar Zufar Karimov 2004 yil 14 aprelda Rustam Qurbonovdan xonadonni sotib olganida guvoh sifatida iştirok etişganini, Qurbonov kelişilgan pulni olib, öz qöli bilan tilxat yozib berganligini bildirişgan.
Sud da’vogar bayonoti, guvohlar körsatmasini eşitib, da’voni qanoatlantirişni lozim topgan.
“Rustam Qurbonov xonadonini sotib, pulini olgani sudda öz isbotini topdi. Keyinçalik u uyni notarial idora orqali da’vogar nomiga rasmiylaştirib berişi lozim bölgan. Biroq u “noma’lum manzilga işlaş uçun ketib qolgan va hozirgi kungaça qaytib kelmagan”, deyiladi sudning hal qiluv qarorida.
Qarorda taraflar örtasida xonadonning oldi-sotdi bitimi amalga oşirilganligi javobgarning tilxati, hujjatlarini da’vogarga berib, uyni böşatib ketganligi, 4 yildan beri xonadonga da’vo qilib kelmaganligi va boşqa vajlar bilan öz isbotini töliq topganligi keltirilgan. Sud “taraflar örtasidagi turar joyning oldi-sotdi bitimini haqiqiy deb topiş lozim va uşbu nizoni özgaça yöl bilan hal qilişning imkoni yöq”, degan xulosaga kelgan.
Şuningdek, sud da’vogar öz huquqini tiklaş uçun belgilangan muddatni “javobgarni qidirib topa olmasdan uzrli sabablarga köra” (?!) ötkazib yuborgan, deya uni tiklab berişni lozim topgan.
Şu tariqa, sudning hal qiluv qarori bilan bahsli xonadon Zufar Karimovga ötgan. Qarorda “noma’lum manzilga işlaş uçun ketib qolgan” deb körsatilgan, aslida esa jazoni ijro etiş muassasasida bölgan Rustam Qurbonov bundan bexabar qolgan.
Rustam Qurbonovga köra, u Zufar Karimov bilan avvaldan taniş bölgan. Demakki, Rustam Qurbonovning jinoyat sodir qilib, 19 yilga “kesilib” ketganini Ohangaron şahrida yetti yoşdan yetmiş yoşgaça bölgan qariyb barça eşitgan bir paytda Zufar Karimov xabardor bölmay qolişi biroz ğalati.
“Bunaqa körsatma bermaganman”
Sudning hal qiluv qarorida guvoh sifatida Bahrom Şometov söralgani keltirilgan. Unda şunday deyiladi:
“Guvoh sifatida söralgan B.Şometov Zufar Karimov 2004 yilda Rustam Qurbonovdan Ohangaron şahar 1-kiçik tuman 51-uyning 2-xonadonini sotib olganida guvoh bölib iştirok etganligini, Ohangaron şahridagi kollej oldida Rustam Qurbonov Zufar Karimovdan dollarni olib, unga öz xonadonini sotganligi haqida tilxat yozib berganligini, xonadon hujjatlarini berganligini körsatdi”.
Ammo Kun.uz bilan suhbatlaşgan Bahrom Şometov sudda bunday körsatma berganini rad qildi.
“Kamol Sattorov ismli yigit bor, Rustamning örtoği edi u öşa paytda. Bir kuni keçasi Zufar Karimov oldimga keldi va Kamol Sattorovga pul berib kelişimizni aytdi. Bordik. Yölning böyida dökon bor edi. Öşa yerda töxtadi. Maşinaning içida 2 ming dollar sanadi va “aka, qarab turing”, deb maşinadan tuşib, berib keldi. “Kamolga 2 ming dollar berdim”, dedi kelib. Lekin öşa narsani keyin sudga çaqirganida Kamol Sattorov pulni olib, Rustamga berganman dedi.
Qisqaça sud böldi. Sudya kirib, “2 ming dollar berganini körganmisan?” dedi. Qoronği bölganini, Zufar maşinadan tuşib pulni berib kelganini aytdim. Aynan Zufar Karimov Rustam Qurbonovga 2 ming dollar berganini körmaganman, Kamol Sattorovga berganini körganman”, deya ma’lum qildi Bahrom Şometov.
Uning qöşimça qilişiça, holat sudning hal qiluv qarorida körsatilganidek 2004 yilda emas, sud bölişidan, ya’ni 2008 yil sentabr oyidan oldinroq bölgan.
“Zamhokim” nima deydi?
Karimov Zufar Olimjonoviç 2022 yil iyul oyidan buyon Ohangaron şahar hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça örinbosari lavozimida işlab keladi. Bungaça u şahardagi Yoşlik mahallasida hokim yordamçisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Kun.uz holat yuzasidan izoh oliş maqsadida Zufar Karimov bilan boğlandi.
“U kvartira Rustam Qurbonovniki emas, Kamol Sattorovniki bölgan, hujjat uning nomida bölgan xolos. Kvartirani 2008 yilda sotib, hovliga çiqib ketganman. Allaqaçon 2-3 kişiga sotilib ketgan u xonadon.
2004 yilda olgan bölsam, borib-kelib xabar olib yurilgan uydan. Öşa vaqtda nomimga ötkazib olmaganimning sababi kommunal tölovlardan qarzdorlikni tölab bermasdan çözib yurdi Kamol aka.
2004 yilda pulni Kamol Sattorov va Rustam Qurbonov ikkalasiga berganman. Bahrom Şometov va Şerzod aka degan odamlar ham bölgan. Şerzod aka vaqti bölmay, sudga kelmagan.
Xullas, uning uyi bölmagan: pulni olgan, tilxatni yozgan, uy hujjatlarini bergan. Tilxatni sudga taqdim qilganmiz”, deya izohladi holatni Zufar Karimov.
Şuningdek, u Rustam Qurbonov istasa sudga berişi mumkinligini, bu işlar sud tartibida hal qilinişi kerakligini bildirdi.
Zufar Karimov suhbatda “2004 yilda uyni olgan bölsa, borib-kelib xabar olib yurilganini” ma’lum qildi. Ammo sudning hal qiluv qarorida u xonadonda “4 yildan beri oila a’zolari bilan yaşab kelgani” keltirilgan.
Suddagi guvoh butunlay boşqa gap aytmoqda
Zufar Karimov suhbatda bahsli kvartira aslida Rustam Qurbonov emas, Kamol Sattorovniki ekanligini aytyapti. Ammo sudda guvoh sifatida söralgan Kamol Sattorov bunaqa körsatma bermagan.
U sudda “Zufar Karimov 2024 yil 14 aprelda Rustam Qurbonovdan Ohangaron şahri, 1-kiçik tuman, 51-uyning 2-xonadonini sotib olganida guvoh bölib iştirok etganligini, Rustam Qurbonov kelişilgan pulni olib öz qöli bilan tilxat yozib berganligini va xonadonning barça hujjatlarini Zufar Karimovga berganligini, şundan beri uni körmaganligini, taxminan 4 yildan beri bu xonadonda Zufar Karimov oilasi bilan birga yaşab kelayotganligini” aytgan.
Rustam Qurbonov Kun.uz bilan suhbatda tilxat yozgani va uy hujjatlarini Zufar Karimovga berganini butunlay rad qilmoqda.
“Uy hujjatini heç kimga bermaganman. Hujjatlar uyda turgandi. Xonadonning kalitini esa Kamol Sattorovga berib qöygandim. U kelib-ketib, xabar olib yurgan”, deydi u.
Ikki “delo”da bir prokuror yordamçisi
Rustam Qurbonovning 19 yilga hukm qilinişiga oid jinoyat sudida Ohangaron şahar prokurorining yordamçisi S.Jamolov iştirok etgan va davlat ayblovini quvvatlagan.

Kvartira Rustam Qurbonovdan Zufar Karimovga ötişiga asos bölgan fuqarolik işlari böyiça Ohangaron sudining 2008 yil 17 sentabrdagi hal qiluv qaroridan körinişiça, uşbu işda ham Ohangaron şahar prokurorining yordamçisi S.Jamolov qatnaşgan.

Ikki sud işining muddatlari orasidagi farq 6 oyni taşkil qiladi. S.Jamolov bu muddatda Rustam Qurbonovning uzoq muddatga qamalganini unutib qöyişi hamda sudning hal qiluv qarorida u “noma’lum manzilga işlaş uçun ketib qolgan va hozirgi kungaça qaytib kelmagan”, deya körsatilişiga e’tiborsiz qaraganini qanday baholaş mumkin?
Sudyaning “qöli” bormi?
Sudning hal qiluv qaroridagi noaniqliklar, qamoqda saqlanayotgan mahkumning “topilmadi, noma’lum tomonga ketib qolgan”, deya körsatilişi işni körgan sudya Abdurahmon Safayevga nisbatan qator savollarni yuzaga çiqaradi. Qolaversa, ayni şu sudya oldinroq Namanganda fuqaroning uyini soxta hujjatlar bilan öz nomiga ötkazib, sotib yuborgani bilan “tilga tuşgandi”.
Unga köra, Namangan viloyati sudi raisi örinbosari – fuqarolik işlari böyiça sudlov hay’ati raisi Abdurahmon Safayev Namangan şahri Alişer Navoiy köçasida joylaşgan köp qavatli uylardan biridagi özganing egaligida bölgan xonadonni soxta hujjatlar bilan öz nomiga rasmiylaştirib, boşqa bir odamga sotib yuborgani aytilgan. Uşbu holatni Kun.uz’ning bir-biridan mustaqil ikki manbasi tasdiqlagan.
Sudyalar Oliy kengaşi matbuot kotibi Tursunali Akbarov Kun.uz söroviga javoban uşbu holat böyiça Abdurahmon Safayevga nisbatan xizmat tekşiruvi ötkazilganini bildirgandi. Xizmat tekşiruvi natijasida A.Safayevga nisbatan qanday çora qöllanganiga doir savol esa hamon oçiq turibdi.
Bu orada Sudyalar oliy kengaşi tomonidan A.Safayevga nisbatan ötkazilgan xizmat tekşiruvi xulosasi uning harakatlariga huquqiy baho beriş uçun Boş prokuraturaga yuborilganiga oid uzuq-yuluq xabarlar ham tarqadi. Prokuratura uning harakatlariga qanday huquqiy baho bergani ham noma’lum. Ma’lum bölgani şuki, Abdurahmon Safayev Prezidentning 2025 yil 23 yanvardagi farmoyişi bilan yozma arizasiga asosan Namangan viloyat sudi raisining örinbosari - fuqarolik işlari böyiça sudlov hay’ati raisi lavozimidan ozod etilgan.
Sudyalar Oliy Kengaşining xulosasi tergovga qadar tekşiruv ötkazib, qonuniy qaror qabul qiliş uçun Boş prokuraturaga yuborilgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Kengaş matbuot kotibi Tursunali Akbarov ayni masaladagi sörovni oçiq qoldirmoqda.
Kun.uz uşbu holat Boş prokuraturada qanday hal etilganini sörab Boş prokurorning matbuot kotibi Hayot Şamsuddinovga sörov yubordi.
Abdurahmon Safayev 2006-2011 yillarda fuqarolik işlari böyiça Ohangaron tumanlararo sudining raisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Sobiq mahkum uyini qaytara oladimi?
Ayni paytda uşbu kvartira kimning nomida ekanligi tahririyatga ma’lum emas. Rustam Qurbonov 17 yildan söng Zufar Karimovdan keyin ham bir neça “qölga ötgan” uyini qaytarib olişga harakat qilmoqda. Bunga erişa oladimi yoki yöq, buni vaqt körsatadi. Qurbonov sud qarorida bu qadar kör-körona yondoşuv bölganligini “ular [Zufar Karimov va sudya] meni qamoqdan qaytmaydi, öşa yerda ölib ketadi deb öylaşgan” deya izohlaydi.
Xususiy mulkning sud tartibida bu tarzda begonalaştirilişi har doim ham uçrayvermaydigan holatdir. Şu bois har ikkala voqeaning rivojini diqqat bilan kuzatişda davom etamiz.
Ruslan Saburov,
Kun.uz

















