Şayxontohur tumanida faoliyat yuritgan hokim yordamçisi özgalar nomiga kredit rasmiylaştirib, qölga kiritilgan mablağlarni talon-toroj qilgani aniqlandi, deb xabar beradi Boş prokuratura matbuot xizmati.

Qayd etilişiça, hokim yordamçisi M.F. 20 nafar fuqaroga elektron tarzda bergan tavsiyanomalariga asosan qabul qilib olgan elektron kalitlardan foydalanib, jami 427,7 million sömlik kredit mablağlarini qölga kiritgan va öz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Şuningdek, M.F. özining qarindoşlari va boşqa beş nafar fuqaroga mahalla hududida yaşamagan bölsa-da, qalbaki tavsiyanomalar orqali jami 207,7 million söm miqdoridagi kredit mablağlari ajratilişiga erişib, özlaştiriş yöli bilan talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi «a» bandi va boşqa moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toşkent şahar hokimligi esa mazkur xabarlar yuzasidan bayonot berib, Toşkent şahrida bunday tavsifga mos keladigan mansabdor şaxs mavjud emasligini ma’lum qilgan.

«Tarqatilayotgan ma’lumotlarda M.F. deb aytilayotgan şaxs ötgan yilning noyabr oyida öz xohişiga köra egallab turgan lavozimidan ozod etilgan», deyiladi rasmiy munosabatda.

Boş prokuratura esa bu xabar yuzasidan munosabat bildirib, M.F. aynan hokim yordamçisi lavozimida faoliyat yuritgan davrida muqaddam e’lon qilingan xabardagi qilmişlarni sodir etganini bildirdi.

«Şuni ma’lum qilamizki, M.F. 2022 yilning 7 oktyabr kunidan 2024 yilning 29 noyabr kuniga qadar Şayxontohur tumani "Kamolon Darvoza" mahalla fuqarolar yiğinining mahallada tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholi bandligini ta’minlaş va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça hokim yordamçisi lavozimida faoliyat yuritib, tuman hokimining 14.12.2024 yildagi tegişli qarori bilan egallab turgan lavozimidan ozod qilingan. M.F. aynan hokim yordamçisi lavozimida faoliyat yuritgan davrida muqaddam e’lon qilingan xabardagi qilmişlarni sodir etgan», deyiladi xabarda.

Avvalroq Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida hokim yordamçisi 33 mln sömlik kreditdan ikki marta olib beriş evaziga 4,5 mln söm pora olayotganda uşlangani töğrisida xabar berilgandi