AQŞ Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) Vaşingtondagi ştab-kvartirasi yopildi. Muassasa xodimlari elektron poçta orqali işga çiqmaslik haqida xabardor qilindi, deb yozadi CNN.

«Agentlik rahbariyatining körsatmasiga binoan USAID’ning Ronald Reygan binosidagi ştab-kvartirasi 3 fevraldan xodimlar uçun yopiladi. Odatda USAID’ning ştab-kvartirasida faoliyat yuritadigan agentlik xodimlari ertaga masofadan turib işlaydi. Xizmat körsatiş böyiça alohida funksiyani bajaradigan xodimlar bilan rahbariyat alohida boğlanadi», — deyiladi elektron maktubda.

Telekanalning ma’lum qilişiça, bino devorlaridan USAID logotipi va uning faoliyatiga oid suratlar yeçib qöyilgan.

Şuningdek, AQŞ davlat kotibi Marko Rubio 3 yanvar kuni USAID direktori vazifasini bajarayotganini e’lon qildi.

Tramp ma’muriyati butun dunyo böylab nodavlat va notijorat taşkilotlarga milliardlab dollarlarni ajratiş bilan şuğullanib kelgan agentlikni AQŞ Davlat departamenti böysunuviga ötkazmoqçi ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi. Rubio uşbu yangilikni tasdiqlab, USAID «Davlat departamentining siyosiy direktivalariga muvofiq iş körişi kerakligini, ammo agentlik buni bajarişda boş tortayotganini» bildirgan.

«Maqsadimiz körsatayotgan taşqi yordamlarimizni milliy manfaatlarimizga moslaştirib oliş. Agar siz butun dunyodagi missiyalar va elçixonalarni közdan keçirsangiz, aksariyat hollarda USAID biz milliy starategiyamiz doirasida qilişni istayotgan vazifalarga zid dasturlarda iştirok etayotganini körişingiz mumkin. Bunday davom etişi mumkin emas», — deydi Rubio.

Avvalroq AQŞ prezidenti yangi hukumat samaradorligi departamenti rahbarlaridan biri etib tayinlagan biznesmen Ilon Mask USAID’ni tanqid qilgan edi. Tesla va SpaceX boş direktori agentlikni jinoiy taşkilot deb atagan va USAID’ni biologik qurollarni işlab çiqişni moliyalaşda ayblagan. Şuningdek, AQŞ prezidenti Donald Tramp AQŞ Xalqaro taraqqiyot agentligi rahbariyati iste’foga çiqişini ma’lum qilgan edi.