Xalqaro sanksiyalarni çetlab ötib, Rossiya Federatsiyasidan neft eksport qiladigan Rossiyaning «soyadagi floti»ga ilgari AQŞ va Yevropa kompaniyalariga tegişli bölgan 230 ta tanker kiradi. Bundan 4 fevral, seşanba kuni Germaniyaning NDR va WDR telekanallari xabar qilgan xalqaro jurnalistlar konsorsiumining suriştiruvi natijalari dalolat bermoqda.

Jurnalistlarning ta’kidlaşiça, Moskva «soyadagi floti»ning uçdan biridan köproğini taşkil etuvçi bu kemalarning barçasi Ukrainaga töliq bostirib kirilganidan söng, işlatilgan tankerlar narxi uruşdan oldingi yilga nisbatan ikki baravar oşganidan keyin Rossiyaga sotilgan.

Eski tankerlarni sotişdan milliard dollar foyda

Uşbu ma’lumotlarga köra, kemalarni sotiş ularning sobiq egalariga, şu jumladan nemis egalariga milliardlab yevro olib kelgan. 2022 yildan 2024 yilgaça Germaniyaning yuk taşiş kompaniyalariga tegişli bölgan 11 ta tanker hozirda Rossiyaning «soyadagi floti» tarkibiga kirdi. Birgina uşbu operatsiyalardan kema egalari 200 million yevroga yaqin daromad olişdi, deya ta’kidlanadi.

Xususan, suriştiruvda Hamburgning Schulte va Chemikalien Seetransport GmbH yuk taşiş kompaniyalari, şuningdek Dortmundning Salamon AG kompaniyasi tomonidan tankerlar sotilgani tilga olinadi.