Daniya atrof-muhit, yuk taşiş va dengizçilar uçun xavf tuğdirişi mumkin deb hisoblagan tankerlarga xavfsizlik çoralarini kuçaytiradi. Bu haqda qirollik dengiz boşqarmasi saytida 5 fevral, çorşanba kuni çop etilgan bayonotda aytilgan. Departament bu qarorni «Daniya böğozlari orqali neft taşuvçi eski kemalar faoliyati»ga javoban qabul qilganini ta’kidladi.
«Portning davlat nazorati tankerlarga qaratilgan, çunki tankerlarning şikastlanişi yoki halokati bilan boğliq avariya xavfsizlik, soğliq va atrof-muhit uçun ayniqsa jiddiy oqibatlarga olib kelişi mumkin», — deyiladi bayonotda.
Rossiyaning «soyadagi floti» xavfsizlikka tahdid sifatida körilmoqda
Kiyev Iqtisodiyot maktabi tomonidan 650 dan ortiq kema atrofida baholangan Rossiyaning «soyadagi floti» 2024 yilda nafaqat Rossiya neftini noqonuniy taşiş, balki Boltiq dengizidagi infratuzilmaga yetkazilgan zarar tufayli ham diqqat markazida böldi.
Xususan, «soyadagi flot» kemalaridan biri 2024 yil oxirida Finlandiya körfazida Estlink-2 suvosti aloqa kabelini ataylab şikastlaganlikda gumon qilingan. Şuning uçun ham Yevropa harbiylari, razvedka xizmatlari va siyosatçilari Rossiyaning «soyadagi floti»ni xavfsizlikka jiddiy tahdid deb bilişadi.
Bundan taşqari, 4 fevral, seşanba kuni Germaniyaning NDR va WDR telekanallari xabar bergan xalqaro jurnalistlar konsorsiumi tomonidan ötkazilgan suriştiruv natijalari şuni körsatdiki, «soyadagi flot» avvallari AQŞ va Yevropa kompaniyalariga tegişli bölgan 230 ta tankerni öz içiga oladi. Bu kemalarning barçasi Ukrainada uruş boşlanganidan keyin Moskvaga sotilgan.

















