Iqtisodiyot | 00:39 / 07.02.2025
3801
1 daqiqa o‘qiladi

2024 yilda iste’molchilarga 1 trln so‘m keshbek to‘lab berildi

Yil davomida iste’molchilar tomonidan 1 mlrd xarid cheki ro‘yxatdan o‘tkazildi.

2024 yilda iste’molchilarga 1 mlrd xarid cheki uchun 1 trln so‘mdan ortiq keshbek to‘landi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.

To‘langan «keshbek»lar bo‘yicha yetakchi hududlar:

- Toshkent shahri - 412,2 mlrd so‘m;

- Toshkent viloyati - 107,1 mlrd so‘m;

- Samarqand viloyati - 93,2 mlrd so‘m;

- Farg‘ona viloyati - 75,6 mlrd so‘m;

- Andijon viloyati - 52 mlrd so‘m.

Ma’lumot uchun, chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish obektlarida amalga oshirilgan xaridlarga berilgan cheklar uchun keshbek 2022 yilda joriy qilingan.

2024 yil yanvardan aholiga qaytariladigan 1 foizlik keshbek summasiga chegaraviy miqdor o‘rnatildi — BHM 60 baravari.

Mavzuga oid