Eron öz harbiy-dengiz kuçlari safiga dronlarni taşiş imkoniyatiga ega «Martyr Bagheri» kemasini qabul qildi, deb xabar berdi Tasnim.

Kema bir neçta dron eskadrilyasini joylaştiriş, jangovar dronlarni uçiriş va boşqa şunga öxşaş apparatlarni boşqarişga qodir.

Bundan taşqari, «Martyr Bagheri» yengil va tezkor jangovar kemalarni suvga tuşirişi, harbiy va yordamçi vertolyotlarni taşişi mumkin. U vertolyotlarni uçiriş uçun mobil platforma bilan jihozlangan va yuqori tezlikdagi zarba beriş tizimlarini qöllab-quvvatlaydi. Kema oçiq okeanda 9 balli dovul şaroitida va 22 ming dengiz mil masofaga suziş quvvatiga ega. Bu esa unga yoqilği quyişsiz bir yilgaça davom etadigan missiyalarni bajariş imkonini beradi.

Islom inqilobi qöriqçilari korpusi (IIQK) Harbiy-dengiz kuçlari qömondoni, admiral Alirizo Tangsiriy sözlariga köra, kema ikki yil içida tijorat kemasini qayta jihozlaş orqali qurilgan.