Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda janjal vaqtida haydovchi Gentra’ni odamlar ustiga haydadi
Shayxontohur tumanida tunda Gentra haydovchisi janjal sabab bir guruh odamlarni bosib ketmoqchi bo‘ldi. Ikkinchi tomon mashinaga qarata tosh otgan.
Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Videoda bir necha kishi ularga qarata kelayotgan avtomobilga chap bergan, avtoulov ortga qaytganida ikki kishi unga qarata tosh otgan.
Poytaxt YXHB ma’lum qilishicha, voqea 7 fevral kuni soat taxminan 03:20 larda Shayxontohur tumani Taxtapul ko‘chasida sodir bo‘lgan. Bir necha fuqarolar o‘zaro gap talashib tortishib janjallashib ketishi natijasida Gentra avtomashina haydovchisi bir necha fuqarolarning ustiga qarab avtomashina boshqargan.
Janjalning barcha ishtirokchilari tuman ichki ishlar bo‘limiga topshirilgan. Avtomashina jarima maydoniga joylashtirilgan. Ayni paytda Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
12:27 / 12.03.2026
Toshkentda ijara haqi sabab talabalar va ijarachi o‘rtasida janjal yuz berdi
10:01 / 10.02.2026
Uchtepada yuk mashinasi haydovchisi va fuqarolar o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi
08:50 / 17.01.2026
Miroboddagi kafe oldida ikki ayol o‘rtasida janjal yuz berdi
12:05 / 10.01.2026