Buyuk Britaniya Ukraina harbiylari foydalanişi uçun möljallangan ekipajsiz boşqariluvçi ikkita dengiz kemasini yaratişda iştirok etmoqda. Bu haqda mamlakat mudofaa xaridlari vaziri Mariya Igl tomonidan parlamentga yöllangan murojaatga tayanib, Naval Technology xabar berdi.
4 fevral sanasi tuşirilgan maktubda vazir Wasp va Snapper nomli ekipajsiz boşqariluvçi dengiz tizimlarini yaratiş dasturlari ustida iş olib borayotganini ma’lum qilgan. Uşbu loyihalar Britaniya mudofaa vaziri Jon Xili tomonidan 28 yanvarda taşkil etilgan keçki ovqatda tilga olingandi.
Mariya Iglning qayd etişiça, Wasp va Snapper Ukrainani qöllab-quvvatlaş uçun maxsus yaratiladigan «yangi ekipajsiz dengiz tizimlari» böladi. Uning sözlariga köra, ayni vaqtda dronlar yakuniy testlardan ötmoqda.
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi Naval Teçnology’ga (NT) loyihalar töğrisida qöşimça ma’lumot berişdan boş tortgan.
NT’ning yozişiça, Ukraina uçun bu turdagi kemalarining yaratilişi töğrisidagi ma’lumot Kiyevga Gravehawk zenit-raketa majmualarini yetkazib beriş böyiça uzoq vaqtdan beri rasmiy xabarlar berilmagani fonida tarqalgan. Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer yanvar örtalarida Kiyevga uyuştirgan taşrifida uşbu tizimlar topşirilişini tasdiqlagan edi. Britaniya hukumatining saytida e’lon qilingan bayonotga köra, Gravehawk ukrain armiyasi uçun qisqa muddatda yaratilgan, uning ikkita prototipi 2024 yil sentabrda Ukrainada sinovdan ötkazilgan.
GlobalData tomonidan ötkazilgan tahlillarga köra, ekipajsiz boşqariladigan suvosti va suvusti apparatlarining rivojlanişi dengizlardagi jang harakatlarini butunlay özgartirib yuboradi. Naşr bunga misol sifatida Ukraina Rossiyaning Qora dengiz flotiga qarşi foydalanayotgan dengiz dronlarini keltirgan. Ular yordamida Qora dengiz flotining 30 foizdan ortiğiga jiddiy şikast yetkazilgan yoki yöq qilingan.












