Farğona viloyati Toşloq tumanida mast holda maşina boşqargan haydovçi ikki kişining ölimiga sabab böldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.
“Millar” informatsion dasturida berilgan lavhada aytilişiça, Quva-Marhamat avtomobil yölining Toşloq tumanidan ötgan qismida haydovçi Damas maşinasini mast holda katta tezlikda boşqaradi.
Avval yöl çetida velosipedda ketayotgan fuqaroni, söng yölning narigi çetida turgan 5 yoşli qizçani urib yuborgan va voqea joyidan qoçib ketgan.
Oqibatda velosipedda ketayotgan otaxon voqea joyida, qizça esa şifoxonada vafot etgan.
Xabarda haydovçi uşlanganmi yoki yöqmi, bunga oydinlik kiritilmagan.

















