Namangan aeroportida noqulay ob-havo sharoiti (tuman) kuzatilmoqda.

Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, shu tufayli Centrum Air aviakompaniyasining Madina – Namangan yo‘nalishi bo‘yicha MFX3338 reysi ekipaji Farg‘onadagi muqobil aerodromga yo‘l olishga qaror qildi. 

Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 7:53 da Farg‘onaga borib qo‘ndi.