Rossiyalik sayyohlar O‘zbekistonga safar qilayotgan xorijliklar orasida 4-o‘rinni egalladi
Rossiyaning "Praym" axborot agentligi "Rossiyaliklar O‘zbekistonga tez-tez safar qilmoqda" sarlavhali maqolani e’lon qildi.

Foto: Kun.uz
Unda qayd etilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifi doirasida o‘tgan yilning 26-28 may kunlari 2025-2026 yillarda o‘zaro sayyohlar oqimini ko‘paytirish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik dasturi imzolangan.
"Tomonlar, shuningdek, turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha 12 ta tadbirdan iborat "yo‘l xaritasi"ni imzoladilar. Ularning amalga oshirilishi, Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2027 yilga kelib o‘zaro sayyohlik oqimini 40 foizga oshirish imkonini beradi", – deyiladi maqolada.
"Praym" AA, shuningdek 2024 yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar soni 1,5 barobarga oshib, 10,2 millionga yetganini, Rossiyadan kelgan sayyohlar esa respublikaga tashrif buyurish bo‘yicha faqat respublikaga qo‘shni davlatlar – Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistondan keyin, to‘rtinchi o‘rinni egallaganini yozgan.
Mavzuga oid

11:31
Tramp o‘tgan juma Rossiya-Ukraina muzokaralari uchun yaxshi kun bo‘lganini aytdi

00:41
Rossiyada migrantlarning farzandlarini bog‘chaga qabul qilishda qo‘shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin

13:55 / 25.04.2025
Ochlikka ro‘para bo‘lgan G‘azo, sanksiyalardan xalos bo‘lishga urinayotgan Suriya va Rossiyaning Qirg‘izistonga tahdidi - kun dayjesti

12:04 / 25.04.2025