Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda avtobusni kötariş uçun texnikalar harakatlanayotgani körinadi.
Kun.uz manbalariga köra, YTH Samarqand viloyati Jomboy tumani hududida röy bergan. Bir kişi vafot etgan.
Hodisaga avtobus haydovçisi sirpançiq yölda boşqaruvni yöqotgani sabab bölgani taxmin qilinmoqda. YTH natijasida yölda tirbandlik vujudga kelgan.
Içki işlar vazirligi YHXXning Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan tergovoldi suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Tergovning yakuniy xulosasiga köra jamoatçilikka qöşimça ma’lumot beriladi”, – deyiladi rasmiy axborotda.
IIV mas’uli jabrlanganlar yoki qurbonlar haqida ma’lumot bermadi.
Sönggi ma’lumotlarga köra, avtobus Cobalt bilan töqnaşgan. Avtobus yengil maşinaning holatini inobatga olmasdan tezlikni me’yoridan oşirib kelgani oqibatida tormozni keskin bosgan.
Samarqand YHXB hodisa oqibatida bir kişi ölimini tasdiqladi – 68 yoşli erkak tibbiyot birlaşmasida vafot etgan.

















