Rossiyada qiyin ahvolda qolgan 3 nafar bola 11 fevral kuni Özbekistonga olib kelindi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, bolalardan biri onasi bilan, ikkinçisi esa ota-onasining işonçnomasi asosida buvisi bilan, uçinçisi ham işonçnoma asosida opalari bilan birga mehnat muhojiri sifatida Rossiyaga kelgan.
Bolalarning yaqin qarindoşlari mamlakat hududida bölib turiş qoidalarini buzgani sababli deportatsiya qilingan. Bolalar esa Moskva şahridagi voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtinça saqlaş markaziga joylaştirilgan.
«Ijtimoiy himoya milliy agentligi, hududiy «Inson» markazlari xodimlari, ijtimoiy xodim va psixologlardan iborat işçi guruh tomonidan bolalarning vataniga qaytişini ta’minlaş va ularni ota-onalariga topşiriş uçun barça zarur ijtimoiy yordam körsatiş işlari amalga oşirildi», — deyiladi xabarda.
Agentlik xorijda oğir hayotiy vaziyatga tuşib qolgan bolalarni qaytariş va ularga ijtimoiy yordam körsatiş işlari davom ettirilişini ma’lum qilgan.
Bundan oldin Xitoyda murakkab vaziyatga tuşib qolgan Özbekiston fuqarolari, şuningdek, Turkiyada qarovsiz qolgan özbekistonlik bolalar vatanga qaytarilgani töğrisida xabar berilgandi.

















