Aholi orasida soğlom turmuş tarzini tarğib qilişda nafaqat sport, balki töğri ovqatlaniş ham dolzarb ahamiyatga ega ekani qayd etildi.
Ötkazilgan örganişlarga köra, aholining 44 foizi jismoniy faol emasligi, 36 foizi töğri ovqatlaniş qoidalariga amal qilmasligi aniqlangan.
Aholi örtasida boşoqli, donli mahsulot, meva-sabzavotlar iste’moli keskin kamayib, tuz va şakar iste’moli ortib borayotgani xavotirlarni yanada kuçaytiradi. Oqibatda odamlarning 56 foizida ortiqça vazn, 38 foizida qon bosimi bilan boğliq muammo bor. Yuqumli bölmagan kasalliklar erta ölimga sabab bölmoqda.
Şu bois, “Soğlom inson – soğlom millat” umummilliy harakati boşlanadi.
Mutasaddilarga soğlom ovqatlaniş va jismoniy faollik tarğiboti bilan har bir oilani qamrab oliş zarurligi körsatib ötildi. Bu yönalişda xalqçil va ta’sirçan ijtimoiy roliklar tayyorlab, har kuni markaziy telekanallarda namoyiş etiş lozimligi ta’kidlandi.
Umuman, bu masalalarni qonun darajasida mustahkamlab qöyiş zarurligi, “Jismoniy tarbiya va sport töğrisida”gi qonunni qisqa muddatda tubdan qayta körib çiqib, bugungi zamon talablariga moslaştiriş muhimligi körsatib ötildi.
Yiğilişda mutasaddilar va hududlar rahbarlarining hisobotlari, sport sohasi vakillarining takliflari tinglandi.












