Rossiyada 2023 yilda e’lon qilingan elektron çaqiruv qoğozi bilan harbiy röyxatga oliş reyestri işlaşni boşladi. Bu haqda Moskva sudi qarori orqali ma’lum böldi.

Xizmatga çaqiriluvçilardan biri 2024 yil noyabrda elektron çaqiruv qoğozi böyiça Yagona çaqiruv punktiga kelmagani uçun belgilangan 30 ming rubl miqdoridagi jarima ustidan sudga şikoyat kiritgan. U heç qanaqa çaqiruv qoğozini olmaganini bildirgan. «Oktyabrda alohida sayt körinişidagi elektron reyestrga kirgan edim va u yerda heç narsa yöq edi», — deydi u.

Bunga javoban «voyenkomat» sudga 1C platformasi bazasida yaratilgan elektron reyestr oynasi körinib turgan «şaxsiy kompyuter ekrani skrinşoti»ni körsatgan. Suratlarga köra, dastur interfeysi «Harbiy röyxatga olinişi lozim bölgan fuqarolar töğrisidagi ma’lumotlarning yagona reyestri» davlat axborot tizimi töğrisidagi hukumat nizomi talablariga töliq mos keladi.

Sud uşbu skrinşotni «voyenkomat» elektron çaqiruv qoğozini belgilangan tartibda yuborganiga isbot sifatida qabul qilgan va jarimani qonuniy deb tan olgan, moskvalik yigitning şikoyati esa qanoatlantirişsiz qoldirilgan. «Elektron körinişda yuborilgan çaqiruv qoğozi şaxsiy kabinetga 2024 yil 7 noyabrda joylaştirilgan. Elektron şaklda yuborilgan çaqiruv qoğozi fuqarolarning körsatilgan reyestrdagi şaxsiy kabinetiga joylaştirilgan kundan boşlab topşirilgan hisoblanadi», — deyiladi sud qarorida.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2023 yil aprelda harbiy xizmatga majbur bölgan şaxslarning yagona reyestrini yaratiş va elektron çaqiruv qoğozlarini joriy etiş töğrisidagi qonunni imzolagandi. Reyestr davlat axborot resursi ma’lumotlari asosida harbiy komissarliklar tomonidan şakllantiriladi.

Harbiy xizmatni ötaşga majbur bölgan şaxslarga çaqiruv qoğozi olingani töğrisida tilxat bilan yozma ravişda yoki buyurtma xati orqali yuborilişi mumkin. Elektron çaqiruv qoğozi davlat xizmatlari saytining şaxsiy kabinetiga joylaştirilgan paytdan boşlab topşirilgan hisoblanadi. Agar çaqiruv qoğozi yozma yoki elektron şaklda topşirilmagan bölsa, u reyestrga kiritilgan kundan boşlab yetti kun ötgaç topşirilgan hisoblanadi.

Çaqiruv qoğozi olingan kundan boşlab 20 kun içida harbiy komissarlikka kelmaganlarga çeklovlar qöyiladi. Şu tariqa, ularga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida röyxatdan ötiş, transport vositalari va köçmas mulkni röyxatdan ötkaziş, transport vositasini boşqariş huquqi rad etilişi, kredit beriş esa taqiqlanişi mumkin.