Yong‘indan jabr ko‘rgan Los-Anjyelesni suv bosdi
Meteorologlar yaqin soatlar ichida yana 3 santimetrgacha yog‘ingarchilik yuz berishidan ogohlantirmoqda. Aholiga uydan chiqmaslik va yo‘llarda harakatlanmaslik tavsiya etilgan.

Los-Anjyeles okrugida kuchli yog‘ingarchilikdan keyin suv toshqinlari va ko‘chkilar boshlandi. Bu keng ko‘lamli yong‘inlardan bir oy o‘tib sodir bo‘lmoqda, deb yozadi New York Post. Meteorologlarning ogohlantirishicha, loy, tosh va suv oqimi insonlar hayotiga xavf tug‘dirishi, yo‘llarga, uylar va drenaj tizimiga zarar yetkazishi mumkin.
Tabiiy ofatdan ayniqsa, Hollivud tepaliklari, Pasifik-Paliseyds va Altadend hududlari ko‘proq zarar ko‘rgan. Tinch okeani shossesida tosh va loy uyumlari paydo bo‘lgan. Chorrahalardan biri butunlay to‘silib qolgan — loy qatlami qariyb 1,2 metrga yetadi.
Ko‘plab hududlar, jumladan, Malibu, San-Fernando vodiysi, Los-Anjyeles markazi xavf ostida. Meteorologlar yaqin soatlar ichida yana 3 santimetrgacha yog‘ingarchilik kuzatilishini, bu vaziyatni yanada yomonlashtirishi mumkinligini prognoz qilmoqda.
Kuni kecha Los-Anjyeles meri Karen Bass o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali yog‘ingarchilik juma kuniga qadar davom etishini ma’lum qilib, aholini yangi suv toshqinlari va kuchli shamolga tayyor turishga chaqirgan edi. Fuqarolarga uydan chiqmaslik, daraxtlarga yaqinlashmaslik va yo‘llarda imkon qadar harakatlanmaslik tavsiya qilinmoqda.
Yanvar oyida shahar o‘rmon yong‘inlaridan katta zarar ko‘rgandi. Mutaxassislar yong‘in yetkazgan zararni 95 milliarddan 164 milliard dollargacha baholagan. 16,2 ming inshoot kulga aylangan, kamida 29 kishi halok bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiya: ota-onalar dam oladigan, bolalar esa baxtiyor bo‘ladigan ta’til
Jamiyat | 19:00 / 27.06.2025
-
Eron TIV rahbari: Vashington bilan yadroviy muzokaralarni boshlash haqida hech qanday qaror qabul qilinmagan
Jahon | 08:05
-
Kolumbiyada yuz bergan ko‘chki oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 07:51
-
YeI sammitida Isroil G‘azoda inson huquqlarini poymol etayotganiga urg‘u berildi
Jahon | 07:47
Mavzuga oid

15:32 / 12.06.2025
Los-Anjyeles meri AQSh hukumatini shahar ustidan tajriba o‘tkazishda aybladi

11:39 / 11.06.2025
Los-Anjyelesning bir qismida tartibsizliklar tufayli komendantlik soati joriy etildi

22:34 / 10.06.2025
Los-Anjyelesdagi tartibsizliklar: xalqni qo‘zg‘atgan mish-mishlar, Trampning o‘jarligi va hozir nima bo‘layotgani haqida

13:58 / 10.06.2025