Toşkent issiqlik markazi direktori Bekzod Buronboyevga köra, “energosamaradorlik” sabab issiqlik markazlarining gazdan foydalanişi kamaygan, buning fonida taqsimlanayotgan issiqlik energiyasi harorati ham pasaygan. Kun.uz bilan suhbatda bölgan mutaxassislar xonadonlarga berilayotgan issiqlik ta’minoti haroratini qayta körib çiqiş kerakligini aytmoqda.
10 fevral kuni Kun.uzʼda havo ifloslanişi haqidagi mutaxassislar bilan olib borilgan tahliliy suhbat e’lon qilindi. Suhbat davomida mavzudan taşqari, poytaxtdagi köp qavatli uylarga markazlaştirilgan tartibda uzatilayotgan issiqlik harorati haqida ham gapirib ötilgan. Tahririyat intervyuning bu qismini alohida e’lon qilişga qaror qildi.
Unda “Toşkent issiqlik markazi” MÇJ direktori Bekzod Buronboyev IES hamda issiqlik markazlari “energosamarador” rejimda işlayotganini, buning fonida kamroq gaz işlatilayotganini qayd etgan. Mas’ulga köra, 1963 yilda işga tuşirilgan Toşkent IESning birinçi energobloki 1 mlrd 100 mln metr kubdan 2024 yilda 850 mln metr kub gaz işlatgan bölsa, xuddi şu tendensiyada issiqlik markazlari ham yiliga örtaça 200-250 mln metr kub kam gaz yoqmoqda.
Iqlimşunos Erkin Abdulahatov bunday vaziyatda issiqlik energiyasining harorati pasayib ketganiga e’tibor qaratgan. Buronboyev buning tasdiği sifatida harorat 20-30 yildan oldingiga nisbatan pastroq ekanini ma’lum qildi.
Intervyuning töliq şaklini yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.
Dilşoda Şomirzayeva tayyorladi.











