Özbekistonning Boş konsulxonasi diplomatlari kömagida Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida ota-ona qaramoğisiz qolgan tört nafar voyaga yetmagan bola vatanga qaytarildi.
Qayd etilişiça, ular ota-onasi bilan Rossiyaga borgan. Ammo bolalarning ota-onalari Rossiya hududida bölib turiş qoidalarini buzgani sababli deportatsiya qiliş uçun vaqtinça saqlaş markaziga joylaştirilgan. Voyaga yetmagan tört nafar bola yaqin tanişlari bilan qolgan.
«Özbekistonlik diplomatlar zudlik bilan voyaga yetmagan hamyurtlarimizning manzilini aniqladi. Şuningdek, ularning vatanga qaytişiga amaliy yordam körsatildi», — deyiladi xabarda.
Bundan oldin Xitoyda murakkab vaziyatga tuşib qolgan Özbekiston fuqarolari, şuningdek, Turkiyada qarovsiz qolgan özbekistonlik bolalar vatanga qaytarilgani töğrisida xabar berilgandi. Şuningdek, Rossiyada qiyin ahvolda qolgan 3 nafar bola 11 fevral kuni Özbekistonga olib kelingan edi.

















