Finlandiya va Rossiya çegarasidagi 200 kilometr uzunlikdagi panjara qurilişi muddatidan oldin yakunlanadi. Bu haqda Finlandiya çegara xizmati boşliği Markku Xassinen ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, panjarani quriş işlarining asosiy qismi 2025 yilda yakunlanadi.

«Panjarani qurişdagi asosiy işlar joriy yilda yakunlanadi. Faqat ayrim hududlar 2026 yilda oxiriga yetkaziladi», — deydi Xassinen. Oldinroq panjarani quriş işlari kelasi yil oxirida yakunlanişi kutilayotgan edi.

200 kilometr bu — Finlandiya va Rossiya örtasidagi qariyb 1,3 ming kilometrlik çegaraning 15 foizi demak. Finlandiya hukumati Rossiya qöşinlari Ukrainaga bostirib kirganidan keyin çegarani mustahkamlaşga qaror qilgan.

Dastlabki işlar 2023 yil kuzda boşlangan edi. 2024 yil martda qurilişni tezlaştiriş uçun 74 million yevro ajratilgan. Öşa yilning sentabrida esa panjaralar balandligi yana yarim metrga oşirilgan edi, natijada ularning balandligi 3,5 metrga yetgan.

Eslatib ötamiz, 2023 yil noyabrida Finlandiya tegişli hujjatlari bölmagan muhojirlar oqimi tufayli Rossiya bilan quruqlikdagi çegarasini butunlay yopgandi. Helsinki Moskvani uçinçi davlat fuqarolarini çegarani kesib ötişga undaganlikda ayblagan. Bunga javoban Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova «Finlandiyaning çegaradagi vaziyat uçun javobgarlikni Rossiya zimmasiga yuklaşga urinişini tuşunarsiz bahonalar» deb atagan edi.