O‘zbekiston | 11:14 / 17.02.2025
949
1 daqiqa o‘qiladi

Intellektual mulk huquqini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etiladi

Intellektual mulk obektlariga doir shaxsiy nomulkiy huquqlarni buzganlik uchun amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda. Bunday obektlarga oid mulkiy huquqlarni buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanyapti.

Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan intellektual mulk himoyasini kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqish boshlandi.

U bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi va Fuqarolik kodekslariga mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni, shuningdek, sanoat mulki obektlariga bo‘lgan huquqlarni buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda.

Xususan, intellektual mulk obektlariga doir shaxsiy nomulkiy huquqlarni buzganlik uchun amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda. Bunday obektlarga oid mulkiy huquqlarni buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanyapti.

Qonun loyihasi siyosiy partiyalar fraksiya yig‘ilishlari muhokamasiga kiritish uchun tayyorlanmoqda.

Mavzuga oid