Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ar-Riyodda bölib ötgan Rossiya-Amerika muzokaralari haqida hisobot oldi va ularning natijalarini «yuqori baholadi». «Ha, ular bu haqda menga xabar berişdi. Men ularni yuqori baholayman. Natija bor», — dedi u 19 fevral, çorşanba kuni Sankt-Peterburgdagi dron işlab çiqaruvçi zavodga taşrifi çoğida jurnalistlar savollariga javob berar ekan.
Putinning aytişiça, bir kun avval ötkazilgan uçraşuvdan maqsad «Rossiya va AQŞ örtasidagi işonçni oşiriş» bölib, ularsiz köp mavzularni, jumladan, Ukrainadagi mojaro bilan boğliq masalalarni hal qilib bölmaydi. «Biz diplomatik missiyalar faoliyatini normal rejimda davom ettirişga kelişib oldik. Vaşington va Moskvadan diplomatlarning doimiy ravişda çiqarib yuborilişi yaxşi narsaga olib kelmaydi. Agar işlar şu tarzda davom etsa, bizda bu binolarda faqat farroşlar işlaydi», — dedi Rossiya prezidenti.
Uning sözlariga köra, Ar-Riyodda muhokama qilingan mavzular orasida Rossiyaning Suriyadagi mavjudligi va Falastin-Isroil mojarosini hal qiliş ham bor edi, biroq Moskva Ukrainadagi vaziyatni tartibga solişga birinçi darajali ahamiyat beradi. Rossiya tomoni Ukraina mojarosini hal qiliş uçun «muzokaralar stoliga qaytişga tayyor», dedi Putin va heç kim Kiyevni muzokara jarayonidan çetlaştirmayotganini aytdi.
Rossiya prezidenti amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan uçraşiş istagi borligini, biroq uçraşuvga «natijaga erişiş uçun» tayyorlaniş kerakligini ta’kidladi.
Ar-Riyodda AQŞ-Rossiya muzokaralari
18 fevral kuni Saudiya Arabistoni poytaxtida Rossiya va Amerika delegatsiyalari örtasidagi muzokaralar çoğida prezidentlar Vladimir Putin va Donald Trampning ehtimoliy uçraşuvi muhokama qilindi. Uçraşuv yakunida tomonlar Rossiyaning Ukrainadagi uruşini tugatiş masalasini muhokama qiliş uçun muzokaraçilarni tayinlaşga ham kelişib oldilar.
19 fevral kuni Rossiya davlati rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov Tramp va Putin örtasidagi uçraşuv şu oy oxirigaça bölib ötişi mumkinligini tan oldi. Tramp, şuningdek, bir kun avval fevral oyida Rossiya prezidenti bilan uçraşiş ehtimolini istisno etmadi.












