Taniqli diniy ulamo, Mubaşşir Ahmad taxallusi bilan tanilgan Alişer Tursunov öta oğir jinoyatda ayblanayotgani haqidagi IIV tasdiqlagan ma’lumot advokatlar tomonidan rad etildi.
19 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda Mubaşşir Ahmad qidiruvga berilgani haqida xabar tarqalgan edi. Içki işlar vazirining matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov Kun.uz'ga bu ma’lumotni tasdiqlab, u Jinoyat kodeksining 244–2-moddasi birinçi qismi (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boşqa taqiqlangan taşkilotlar tuziş, ularga rahbarlik qiliş, ularda iştirok etiş) bilan ayblanayotganini ma’lum qilgandi.
Ğiyosov qidiruv qaçon e’lon qilinganini tergov siri deb atagan, yuqorida aytilganidan boşqa ayblovlar bor-yöqligiga aniqlik kiritmagandi.
Bugun, 21 fevral kuni Alişer Tursunovning advokatlari Kun.uz bilan boğlanib, himoyasi ostidagi şaxs öta oğir jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgani haqidagi xabar asossiz ekanini ma’lum qildi.
Ma’lum qilinişiça, A.Tursunov 2023 yil avgust oyida Jinoyat kodeksining 244–3-moddasi birinçi qismida nazarda tutilgan, darajasiga köra ijtimoiy xavfi katta bölmagan jinoyat – “diniy mazmundagi materiallarni tarqatiş maqsadida qonunga xilof ravişda tayyorlaş, saqlaş, Özbekiston Respublikasi hududiga olib kiriş yoki tarqatiş (şunday qilmişlar uçun ma’muriy jazo qöllanilganidan keyin sodir etilgan bölsa) harakatida ayblanuvçi tariqasida jalb qilingan.
Advokatlar IIV matbuot kotibiga asoslanib tarqatilgan xabarlarda A.Tursunovning JKning 244–2-moddasi bilan ayblangani va qidiruv e’lon qilingani haqida ma’lumot notöğriligini bildirdi.
“Advokatlik söroviga javoban Toşkent şahar IIBB Şayxontohur tumani IIO FMB tomonidan 2024 yilning 4 iyun kuni berilgan xatda Alişer Tursunov aslida 244-3 -modda bilan ayblanayotgani, mazkur jinoyat işi Özbekiston Respublikasi JPKning 364-moddasi 1-qismi 2-bandiga asosan harakatdan töxtatilgani ma’lum qilingan”, — deyiladi bayonotda.
Bu yerda fuqaro aslida ayblanayotgan 244–3-modda va xabarlarda tarqalgan 244–2-modda orasida katta farq bor.

















