Senat «Quriliş maydonlarida çang va qum zarraçalarining havoga kötarilişini bartaraf etişga doir majburiy talablar belgilanişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga qöşimçalar va özgartiriş kiritiş haqida»gi qonunni ma’qulladi.
Qonun bilan, bunday qonunbuzarlikka yöl qöygan mansabdor şaxslarga bazaviy hisoblaş miqdorining 10 baravari miqdorida, agar şunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo çorasi qöllangandan keyin bir yil davomida takroran sodir etilsa, bazaviy hisoblaş miqdorining 50 baravari miqdorida jarima qöllaşni nazarda tutuvçi me’yor kiritilmoqda.
Bunda davlat ekologik nazorati inspeksiyasi mazkur huquqbuzarliklarni aniqlaşga hamda javobgarlikka tortişga mas’ul böladi.
Ma’lumotlarga köra, 500 kv.m. oçiq quriliş maydonidan yiliga örtaça 50 tonna çang va qum zarralari havoga kötariladi.
Quriliş maydonida, unga kirib-çiqiş yöllarida çang va qum zarraçalarining havoga kötarilişini bartaraf etiş böyiça majburiy talablar (çangni bostiriş uçun osma yomğirlatgiç va suv purkagiçlardan foydalaniş) şaharsozlik qoidalariga kiritilgan.

















