Özbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga assotsiatsiya a’zolari tomonidan kelib tuşgan nomzodlar Saylov qömitasi a’zolari iştirokida Assotsiatsiya Saylov kodeksi va Ustaviga asosan muvofiqlik tekşiruvidan ötkazildi.
Assotsiatsiya Ustavining 30-moddasi 4-bandiga binoan delegatlar tomonidan Özbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga Bahodir Qurbonov nomzodi ilgari surildi.
Assotsiatsiya Ustavi va Saylov kodeksiga asosan Bahodir Qurbonov Özbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga saylandi.
Avvalroq Özbekiston futbol assotsiatsiyasi ustaviga muvofiq, 2025 yil 22 fevral kuni ÖFA prezidentligiga saylov bölib ötişiça, DXX raisi general-polkovnik Bahodir Qurbonov nomzodi assotsiatsiya prezidentligiga ilgari surilayotgani xabar qilingandi.
Yanvar oxirlarida DXX sobiq raisi Abdusalom Azizov Özbekiston Futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimidan ketgandi. Uning vazifalarini ÖFA birinçi vitse-prezidenti Ravşan Ermatov bajarib kelayotgan edi.

















