Özbekiston böyiça ob-havo keskin özgarişi kutilmoqda, deya xabar berdi «Özgidromet» agentligi.
24–27 fevral kunlari respublika hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi. Hududlarda vaqti-vaqti bilan yoğingarçilik kuzatiladi, ayrim joylarda kuçli böladi.
Yomğir yoğib, 25–27 fevral kunlarida qorga aylanadi. Şimolda vaqti-vaqti bilan qor yoğadi. Ba’zi joylarda şamol tezligi 15–20 metr/soniyagaça, ba’zida 23–25 metr/soniyagaça kuçayişi mumkin.
26–27 fevral kunlariga borib havo harorati keçalari 0…–5 darajagaça, şimolda –6…–9 darajagaça, kunduz kunlari 0…+5 darajagaça pasayadi.
Bundan oldinroq dam oliş kunlari Özbekiston hududining katta qismida juda iliq ob-havo saqlanib turişi, şanba va yakşanba kunlari aksariyat hududlarda harorat keçalari +3…+8 daraja, kunduz kunlari +15…+20 daraja, ba’zi joylarda +22 darajagaça bölişi kutilayotgani xabar qilingandi.












