Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan 8 yoshli o‘quvchi YTH qurboni bo‘ldi
Bola o‘qigan maktabda YHXB mutasaddilari va o‘quvchilar ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazilgan.
Surxondaryo viloyati Termiz shahrida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida yosh bola nobud bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 2025 yil 27 yanvar kuni sodir bo‘lgan. “Nexia” mashinasi haydovchisi qoidalarni buzgan holda harakatlanib, piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan 8 yoshli bolani urib yuborgan.
Oqibatda shahardagi 12-maktab o‘quvchisi bo‘lgan bola og‘ir tan jarohatlari olib, halok bo‘lgan.
Qayd etilishicha, bola o‘qigan maktabda YHXB mutasaddilari va o‘quvchilar ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazilgan. Unda o‘quvchilar maktabga kelib-ketishda ehtiyot bo‘lishi va yo‘llarning belgilangan qismidan o‘tishi uqtirilgan.
Mavzuga oid
09:23 / 24.03.2026
Qamchiqda ikki kun ichida ikkita yo‘l hodisasi kuzatildi
11:03 / 19.03.2026
Tailanddagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
22:00 / 15.03.2026
Olmazor tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir kishi qurbon bo‘ldi
20:56 / 14.03.2026