Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yaşnobod tumanida gaz çaqnaşi bilan boğliq holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilişiça, 26 fevral kuni soat 17:37 da Toşkent şahar FVBga Yaşnobod tumani «Döstobod» MFY, Maxtumquli köçasida joylaşgan köp qavatli uylarning biridagi xonadon oşxonasida gaz-havo aralaşmasining çaqnaşi sodir bölgani töğrisida xabar kelib tuşgan.
Zudlik bilan aytilgan manzilga yonğin-qutqaruv ekipajlari yetib borgan. Hodisa natijasida yonğin sodir bölmagan.
Çaqnaş oqibatida 1 nafar fuqaro kuyiş tan jarohati olib, şifoxonaga yuborilgan. Voqea joyiga FVB, IIBB, SSB, prokuratura va boşqa tegişli taşkilotlar xodimlari yetib borgan.
«Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi suriştiruv işlari olib borilmoqda», — deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, fevral örtalarida Buxoro viloyatining Ğijduvon tumanida xonadon portlagani töğrisida xabar berilgandi. Xonadonda isitiş peçidan gaz sizib çiqib töplangan hamda uy egalari çiroqni yoqişi oqibatida çaqnaş sodir bölgan. Oqibatda bir kişi hodisa joyida vafot etgan.












