Özbekistonning katta qismida dam oliş kunlari havo harorati 2–3 darajaga kötarilişiga qaramay, hali ham me’yoriy qiymatlardan past böladi, deya xabar bermoqda «Özgidromet» agentligi.
Juma kuni Özbekiston hududi böyiça nisbatan sovuq ob-havo saqlanib turadi. Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qor yoğadi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida biroz yoğingarçilik (yomğir, qor) bölişi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yoğingarçiliksiz ob-havo bölişi kutilmoqda.
1 mart, şanba kuni respublika hududining katta qismida yoğingarçilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zan yomğir, qor yoğadi.
Yakşanba kuni respublikaning aksariyat viloyatlarida (Farğona vodiysidan taşqari) yoğingarçilik böladi. Markaziy viloyatlarda va respublika janubida kunning ikkinçi yarmida yoğingarçilik bölişi kutilmoqda.
Respublikaning şimoli-ğarbiy va çöl hududlarida yana sovuq havo kirib kelişi hisobiga havo harorati asta-sekin pasayadi va Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm viloyatida yakşanba kuni keçasi –7…–12 darajani, kunduzi –3…+2 darajani, Buxoro, Navoiy viloyatlarida keçasi –2…+3 darajani, kunduzi 0…+5 darajani taşkil etadi.
Respublikaning ayrim joylariga tuman tuşişi mumkin. Şamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 28 fevral va 2 mart kunlari ba’zi joylarda 15–20 metr/soniyagaça kuçayadi.
Toşkent şahrida 28 fevral va 2 martda asosan quruq ob-havo kuzatiladi, faqat yakşanba kuni keçqurun yoğingarçilik bölişi mumkin, şamol tezligi 10–12 metr/soniyagaça kuçayadi. Harorat 28 fevralda +6…+8 daraja, 1–2 mart kunlari +8…+10 daraja böladi. Harorat asosan keçalari –1…+2 daraja böladi.












