Sovet davrida “Özbekfilm” haqida gap ketganda hatto moskvalik ijodkorlar uni kinoya bilan “Basmaçfilm” deb ataşardi. Bu bejizga emasdi. Ittifoqning boşqa respublikalarida joylaşgan kinostudiyalar turli mavzularda filmlar suratga olib yurgan paytda “Özbekfilm”da asosan “bosmaçi”larni qoralab film işlangan.

Tarix sahnida 74 yil umr körgan sovet davrida davlat tomonidan juda kuçli tarğibot olib borildi. Odamlarni puç ğoyalarga işontiriş uçun yolğonlar uqtirildi, tarix buzib körsatildi.

Ayniqsa, XX asrning ikkinçi yarmida televideniye va kino sanoati rivojlangandan söng yolğon tarğibot uçun keng imkoniyatlar paydo böldi.

Öşangaça tarixni soxtalaştiriş uçun adiblardan, tarixçilardan foydalanilgan bölsa, keyinroq butunlay yolğondan iborat filmlar işlanadigan va televideniyeda bot-bot körsatiladigan böldi.

KGB va “MVD”ning “ijod”dagi raqobati

1960-70 yillarda SSSRda Içki işlar vaziri Nikolay Şçyolokov va Davlat xavfsizlik qömitasi (KGB) rahbari Yuriy Andropov bir-biriga teskari bölib qoladi.

Şundan söng ularning har ikkisi turli adiblarni yollab biri militsiyaning, ikkinçisi KGB xodimlarining “şarafli” xizmati haqida asarlar yozdiradi.

Andropov, Brejnev va Şçelokov
nnm.me

Ular bu bilan çeklanib qolmaydi va rejissyorlarga har ikki sohani uluğlab filmlar suratga oldiradi.

Şçyolokovning buyurtmasi bilan suratga olingan filmlarda militsionerlar jasur, heç narsadan tap tortmaydigan insonlar sifatida tasvirlanadi.

Andropov suratga oldirgan filmlarda esa KGB xodimlari, turli razvedkaçilar “supermen” qiyofasida gavdalantiriladi.

Uzoqqa bormaylik, “Bahorning ön yetti lahzasi” filmini köpçilik tomoşa qilgan. Köp qismli mazkur filmda sovet razvedkaçisi Ştirlitsning misli körilmagan qahramonliklari hikoya qilinadi.

Ana şu film Yulian Semyonovning “Bahorning ön yetti lahzasi” nomli romani asosida suratga olingan. Adib uşbu romanni aynan KGB rahbariyati buyurtmasi bilan yozgan.