Çeçeniston yetakçisi Ramzan Qodirovning tönğiz qizi Ayşat Qodirova Instagramʼdagi sahifasi orqali boş vazir örinbosarligi lavozimidan ketişini e’lon qildi.
«Bu iş men uçun muhim tajriba böldi, ijtimoiy blok yönalişi respublikaning rivojlanişida katta rol öynaydi, ammo öylaşimça, mazkur iş köproq kuçli erkakka mos keladi. Men biznesdagi loyihalar bilan şuğullanib respublikamiz farovonligi uçun mehnat qilaman va işonçim komilki, uşbu faoliyat orqali siyosatdan köra köproq foyda keltira olaman», — deydi Qodirova.
26 yoşli Ayşat «Firdavs» modalar uyiga qaytmoqda. U 2017-2020 yillar davomida uşbu modalar uyining direktori bölgan, keyin esa Çeçeniston madaniyat vazirining birinçi örinbosari, 2021 yilda madaniyat vaziri lavozimlariga tayinlangan. Hukumat rahbarining örinbosari lavozimini Qodirova 2023 yilda qölga kiritgan edi.
«Firdavs» modular uyiga 2009 yilda Ramzan Qodirovning turmuş örtoği Medni Qodirova asos solgan, 2016 yilda esa u boşqaruvni qiziga topşirgandi.
Ayşat — Qodirovlarning tönğiç farzandi. U respublika va federal darajadagi, şuningdek, boşqa hududlarning köplab mukofotlarini qölga kiritgan. Xususan, 2023 yilda u II darajali «Vatan oldidagi xizmatlari uçun» ordeni bilan mukofotlangan.












