Donald Tramp 27 fevral, payşanba kuni Volodimir Zelenskiy «diktator» ekani haqidagi avvalgi fikridan qaytdi. «Men şunday dedimmi? Işonmayman. Keyingi savol», — deb javob berdi AQŞ prezidenti Oq uyda Britaniya boş vaziri Kir Starmer bilan uçraşuvda jurnalistning savoliga.
19 fevral kuni Tramp özining Truth Social platformasidagi postida Ukraina prezidenti öz mamlakatida «saylov ötkazişdan boş tortgani» uçun «saylovlarsiz diktator» ekanini yozgan. «Zelenskiy şoşilsa yaxşi böladi, aks holda uning mamlakati qolmaydi», deb qöşimça qildi Amerika rahbari. Öşa kuni Donald Tramp Mayamidagi mitingda nutq sözlab, bu bayonotni takrorladi.
24 fevral kuni AQŞ prezidenti Vladimir Putinni diktator deb ataş mumkinmi, degan savolga javoban: «Men bunday sözlarni öylamasdan turib işlatmayman», dedi va Rossiya rahbarini bunday deb atamadi.
Trampning bayonotlari tanqid qilindi
Oq uy rahbarining bayonotlari Ukrainada ham, xorijda ham tanqid qilindi. Xususan, Germaniya kansleri Olaf Şols AQŞ prezidentining sözlarini «xato va xavfli» deb atadi. «Haqiqat şuki, Volodimir Zelenskiy Ukraina davlatining qonuniy saylangan rahbari hisoblanadi. Uruş şaroitida töğri saylovlar ötkazişning iloji yöqligi Ukraina Konstitutsiyasi va saylov qonunçiligi qoidalariga töğri keladi. Va buning aksini da’vo qilişga heç kimning haqqi yöq», — deya ta’kidladi Germaniya hukumati rahbari.
Yevrokomissiya Trampning Zelenskiyga oğzaki hujumiga izoh berdi: «Bizda bu masala böyiça aniq pozitsiya bor: prezident Zelenskiy erkin, adolatli va demokratik saylovlarda qonuniy ravişda saylangan. Ukraina demokratik davlat, Putin Rossiyasi esa unday emas». Birlaşgan Millatlar Taşkiloti, şuningdek, Volodimir Zelenskiy «töğri ötkazilgan saylovlardan söng öz lavozimida» ekanligini tasdiqladi.












