Konsepsiyaga köra, Özbekistonda diniy sohadagi davlat siyosatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat, jumladan:

  • jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib çiqişi, ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, fuqarolarning erkinligini va qonun oldida tengligini ta’minlaş hamda konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari kamsitilişiga yöl qöymaslik çoralarini köriş;
  • köp millatli va köpkonfessiyali Özbekiston xalqining birligi va birdamligini, urf-odatlariga nisbatan hurmat ruhini mustahkamlaş, ularning rivojlanişi uçun teng şart-şaroitlar yaratiş;
  • fuqarolarning ijtimoiy hayotda faol iştirok etişi uçun teng huquqiy şart-şaroitlar yaratiş;
  • fuqarolarning dinga munosabatidan qat’i nazar, diniy qaraşlarni majburan singdirişga yöl qöymagan holda, ularning vijdon erkinligiga bölgan konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oşirişi uçun şart-şaroitlar yaratiş;
  • davlat özining içki va taşqi siyosatini amalga oşirişida konstitutsiyaviy normalarga muvofiq dunyoviylikka tayaniş;
  • jamiyatda diniy bağrikenglik va qonuniylikni qaror toptiriş borasida fuqarolarning faol fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlaş böyiça izçil çora-tadbirlarni amalga oşiriş.