Unitar davlatlarni federativ davlatlardan ajratib turadigan asosiy belgi — yagona va bölinmas hudud. Bunday davlatlarning hududiy birliklari (viloyat, provinsiya va h.k.) suverenitetga ega bölmaydi va markaziy hokimiyatga böysunadi.
Federativ davlatlar esa nisbatan mustaqil bölgan hududiy birliklardan taşkil topadi. Ular töliq mustaqillikka ega bölmasa-da, öz hokimiyat apparati mavjud böladi. Federal va hududiy (mintaqaviy) hokimiyat örtasida vakolatlar aniq taqsimlangan. Soliq tizimi ham federal va mintaqaviy darajalarga bölinadi.
Xaritadan körinib turibdiki, dunyo böylab unitar davlatlar ustunlik qiladi. Federativ davlatlar içida esa quyidagilarni alohida ajratiş mumkin: Rossiya, AQŞ, Germaniya, Kanada, Braziliya, Hindiston, Avstraliya va Şveytsariya.

Federativ davlatlar milliy, hududiy va milliy-hududiy turlarga bölinadi. Oxirgi turga Rossiya va Şveytsariya kiradi.
Şveytsariyaning rasmiy nomi Şveytsariya Konfederatsiyasi bölsa-da, XIX asr örtalarida u federativ davlatga aylangan. 1848 yilda mamlakat suveren davlatlar ittifoqi bölişdan töxtab, yagona federativ davlatga aylandi. Şu bilan birga, mamlakatda kantonlarning kuçli mustaqilligi saqlanib qolgan.
Köp davlatlar unitar deb hisoblansa-da, ular içida ayrim avtonom hududlar mavjud bölişi mumkin. Masalan, Ispaniya tarkibida 17 ta avtonom jamoa va 2 ta avtonom şahar bor. Ular öz hokimiyati va budjetiga ega. Bu Ispaniyani federativ davlatga yaqinlaştiradi, ammo konstitutsiyaga köra u unitar davlat hisoblanadi — ya’ni regionlar vakolatini aynan markaz belgilaydi. Bundan taşqari, turli avtonom hududlar turliça huquqlarga ega.












