Toşkent Kimyo xalqaro universitetida taşkil etilgan mehnat yarmarkasida talabalar öz orzularidagi kasblarni egallaşda ilk qadamlarni taşlaşdi. Özbekistonning 50 ga yaqin yetakçi kompaniyalari tadbirda talabalarga iş va amaliyot imkoniyatlarini taqdim etdi.

Yarmarka davomida universitetning turli yönalişlari böyiça körgazmalar, muhandislarning innovatsion işlanmalari, rassomlarning ijod namunalari, liboslar dizayni körgazmalari va loyihalar taqdimotlari bölib ötdi.

Mehnat yarmarkasi nafaqat kasbiy muloqot maydoni, balki universitetdagi ijodiy va ilmiy işlanmalar namoyişi uçun ham oçiq platformaga aylandi. Muhandislarning innovatsion loyihalari, rassomlarning ijodiy işlari, libos dizayni körgazmalari va startap taqdimotlari tadbirga öziga xos ruh bağişladi. Iş beruvçilar talabalarning ijodiy va texnologik işlanmalarini katta qiziqiş bilan kuzatişdi.

Bundan taşqari, bitiruvçilar uçun samarali CV yoziş va intervyudan muvaffaqiyatli ötiş böyiça maxsus taqdimotlar ham ötkazildi.

“Men Toşkent Kimyo xalqaro universitetiga prorektor Rod Klark Pauyell taklifi bilan Amerikadan tahsil oliş maqsadida kelganman. KIUTda öqiş şuningdek, Vosiq xalqaro maktabida işlaş imkoniyati berilganidan juda xursandman. Vosiq xalqaro maktabida öquvçilarga basketboldan maşğulot ötaman, bundan taşqari ularga ingliz tilini mukammal örganişlari uçun yordamlaşaman. Umuman olganda bu yerdaligimdan juda xursandman. Toşkent Kimyo xalqaro universitetini imkoniyatlar maskani deb bilaman, bu yerda turli mamlakatlardan kelgan talabalar va malakali professor öqituvçilar juda köp”, - deydi amerikalik talabalardan biri.

Tadbirning asosiy maqsadi universitet bitiruvçilariga kasbiy yönalişlarini belgilaş, iş beruvçilar bilan bevosita uçraşiş va mehnat bozorida öz örnini topiş uçun keng imkoniyatlar yaratişdan iborat böldi.

Web-page | Telegram | Facebook