Özbekistonda dori-darmon eng köp sotiladigan mahsulotlardan biri. Poytaxtning ayrim köçalarida dorixonalar soni oziq-ovqat dökonlari sonidan oşib ketganidan ham buni seziş mumkin.

Soliq qömitasining Kun.uz’ga fiskal çeklar tahlili böyiça taqdim qilgan ma’lumotlariga köra, özbekistonliklar 2024 yilda dori vositalariga jami 19,7 trln sömdan ortiq pul sarflagan. Şundan 15,7 trln sömdan köproği import preparatlar, 4 trln söm mahalliy işlab çiqarilgan preparatlar hissasiga töğri kelgan. 

Aholi jon boşiga nisbatan töğri keladigan eng yuqori xarajatlar quyidagi hududlarda qayd etilgan:

  • Toşkent şahrida – 1,7 mln söm;
  • Buxoro viloyatida – 746 ming söm;
  • Samarqand viloyatida – 660,7 ming söm.

Eng kam xarajatlar:

  • Qaşqadaryo viloyatida – 308,9 ming söm;
  • Qoraqalpoğiston Respublikasida – 302,3 ming söm;
  • Surxondaryo viloyatida – 289,5 ming söm.

Umuman ötgan yilda dori vositalari uçun eng katta xarajatlar Toşkent şahri (5 trln söm), Samarqand (2,6 trln söm) va Farğona viloyatida (1,5 trln söm) qayd etilgan.

Eng köp mablağ quyidagi kasalliklarni davolaş uçun möljallangan dori vositalariga sarflangan:

  • yurak-qon tomir kasalliklari;
  • infeksion kasalliklar;
  • oğriq qoldiruvçi vositalar;
  • asab tizimi kasalliklari;
  • oşqozon-içak kasalliklari

Dori vositalari importi

Bojxona qömitasi ma’lumotlariga köra, 2024 yilda Özbekistonga 1 mlrd 744,7 mln dollar farmatsevtika va tibbiyot buyumlari import qilingan. Şundan 1,5 mlrd dollarlik mahsulotlar aynan çakana savdo uçun olib kirilgan dori vositalari hissasiga töğri kelgan. Taqqoslaş uçun, ötgan yilda 0,5 mlrd dollarlik göşt mahsulotlari, 258 mln dollarlik un va un mahsulotlari, 373 mln dollarlik ösimlik yoğlari import qilingan. Umumiy oziq-ovqat mahsulotlarining importi esa 3 mlrd 917 mln dollarni taşkil etgan.