Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qadoqlar va qadoqlarni yopish vositalarining texnik reglamenti tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Qadoqlar va qadoqlarni yopish vositalarining texnik reglamenti tasdiqlangan bo‘lib, u 6 oydan so‘ng joriy etiladi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturiga muvofiq Qadoqlar va qadoqlarni yopish vositalarining texnik reglamenti hamda uni joriy etish sxemasi tasdiqlandi.
Texnik reglament quyidagilarni belgilaydi:
- qadoqlar va qadoqlarni yopish vositalarining xavfsizligiga, muvofiqlik belgisi va markirovkani qo‘llashga doir talablar;
- qadoqlar va qadoqlarni yopish vositalarini identifikatsiyalash hamda muvofiqligini baholash tartibi.
Texnik reglament muomalaga chiqariladigan, jumladan metall, polimer, plastmassa, qog‘oz, karton, shisha, rezina, rezinoplastik, kompozitsion va to‘qimachilik materiallaridan, shuningdek keramik asosdagi qadoqlash mahsulotlaridan tayyorlangan tayyor mahsulotlarning xavfsizligiga qo‘yiladigan yagona talablarni belgilaydi.
Qadoqlar va qadoqlarni yopish vositalarining xavfsizligi quyidagi talablar orqali ta’minlanadi:
- oziq-ovqat mahsulotiga tegib turadigan materiallarning sanitariya-gigiyena ko‘rsatkichlari;
- fizik-mexanik ko‘rsatkichlar;
- germetiklik.
Mavzuga oid
09:10 / 19.08.2025
Elektrotexnika mahsulotlarida xavfli moddalarni ishlatish cheklanadi
14:59 / 04.03.2025
Texnik reglamentlarni ishlab chiqish tartibi tasdiqlandi
08:20 / 18.01.2025
Qishloq transport vositalari xavfsizligining texnik reglamenti tasdiqlandi
11:39 / 08.01.2025