Vaşingtonda AQŞ prezidenti Donald Tramp va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning uçraşuvi boşlandi.
Tramp Oq uyga kiriş eşigida Zelenskiyni kutib oldi. AQŞ va Ukraina yetakçilari jurnalistlar tomon yuzlandi va Tramp ularga muştini körsatdi. Ular özlariga berilgan savollarga javob qaytarmadi.
Tramp va Zelenskiy muzokaralar davomida foydali qazilmalar töğrisidagi bitimni imzolaşlari kerak. Qöşma Ştatlar prezidenti Oq uydagi jurnalistlarga uşbu hujjat «AQŞning katta majburiyatiga» aylanişini aytgan. Öz navbatida Zelenskiy «mazkur hujjat Ukraina uçun oldinga qadam bölişiga» umid bildirgan.
Associated Press’ning ma’lum qilişiça, uçraşuv davomida Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan murosaga borib bölmasligini ta’kidlagan. Agentlik ma’lumotlariga köra, Oval kabinetdagi uçraşuvda Zelenskiy Putinni «qotil hamda terrorçi» deb atagan va Trampga «qotil bilan heç qanday murosa bölmasligini» aytgan.

Zelenskiy Trampga körsatiş uçun özi bilan çop etilgan suratlarni olib kelgan. Unda Rossiya asirligidan qaytgan ukrainalik harbiylar tasvirlangan.












