Tramp ingliz tilini AQShning rasmiy tiliga aylantirdi
Mamlakatning 30 dan ortiq shtati allaqachon ingliz tilini rasmiy til sifatida tan olgan. Ammo federal darajada AQShning rasmiy tili birinchi marta tasdiqlanmoqda.

Foto: Getty images
Prezident Donald Tramp ingliz tili AQShning rasmiy tili sifatida tan olinadigan farmonni imzoladi. Bir vaqtning o‘zida Tramp Bill Klintonning ingliz tilini yaxshi bilmaydigan insonlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish majburiyatiga oid farmonini bekor qildi.
«Ingliz tilining tan olinishi nafaqat o‘zaro aloqani yengillashtiradi, balki umumiy milliy qadriyatlarni mustahkamlaydi, shuningdek, yanada yaxlit va samarali jamiyatni yaratish imkonini beradi», — deyiladi farmon matnida.
AQShning 30 dan ortiq shtati allaqachon ingliz tilini rasmiy til sifatida tan olib bo‘lgan. Ammo federal darajada AQShning rasmiy tili birinchi marta tasdiqlanmoqda.
Hukumatning 2019 yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, AQShning qariyb 68 million aholisi o‘z uylarida ingliz tilida gaplashmagan. Ularning aksariyati — 40 milliondan ortig‘i ispan tilida muloqot qilgan.
Donald Tramp Bill Klintonning 2000 yildagi federal budjetdan moliyalashtiriladigan barcha tashkilotlarga ingliz tilini bilmaydigan insonlar uchun sharoit yaratish majburiyatini yuklovchi farmonini bekor qildi. Endi idoralar boshqa tilda xizmat ko‘rsatish yoki ko‘rsatmaslikni o‘zlari mustaqil belgilaydi. Yanvar oyida Donald Trampning inauguratsiyasi o‘tkazilganidan keyin Oq uy rasmiy saytining ispan tilidagi versiyasi yopib qo‘yilgan edi.
Mavzuga oid

12:18
Tramp Markaziy bank rahbarini tanqid qilgach, AQSh fond bozori quladi

12:04
Tramp faoliyatini ma’qullash reytingi tobora pasayib borayotgani ma’lum bo‘ldi

00:45
Kreml AQShni «katta bitim»ga jalb qilib, Trampni qiziqtiradigan takliflarni qidirmoqda - OAV

12:43 / 21.04.2025