28 fevral kuni Bandlik vazirligining rasmiy sahifasida 20 ming gektar maydonda barpo etilayotgan Yangi Toşkent şahri loyihasi uçun böş iş örinlari e’lon qilindi.
E’londa aytilişiça, buning uçun 10 mingga yaqin vakansiyalar ajratilib, 8-15 mln sömlik oylik iş haqi belgilangan.
“Bu yerda betonçi, payvandçi, santexnik, ğişt teruvçi, elektrik, suvoqçi kabi 38 turdagi yönaliş böyiça mutaxassislarga talab mavjud.
Işçilar yotoqxona, kiyim-keçak, transport xizmati va 3 mahal issiq ovqat bilan ta’minlanadi”, – deyiladi rasmiy xabarda.
Qisqa raqam işlamayapti
E’longa qiziqqanlar boğlanişi uçun vazirlik özining qisqa 1176 raqamini keltirgan. Ammo odamlar e’lon çiqqanidan beri bu raqamga tuşa olmayotganini bildirişmoqda.
“Bu xabarlaringizdagi mehnat bandligi nomeri işlamaydi-ku, 4 kundan buyon telefon qilaman. Iltimos, sizlar aldamanglar xalqni”, – deydi Kun.uz botiga yozgan fuqarolardan biri.
“1176 qisqa raqami işlamayapti. “8 milliondan 15 milliongaça oylik maoş” debdi, buni iltimos, bir körsatuv qilib tekşirib köringlar. Özim “svarşik”man, “paravoy otopleniye”, metallokonstruksiya böyiça mutaxasisligim bor, lekin vazirlik va idoralarga işonç yöq.
Çunki 2020 yilda tanlov orqali imtihonlardan ötib migratsiya agentligi arzimagan oylik bilan Rossiyaga 400 nafar odamni işga jönatgan, karantinda Rossiyaga kirdik. Keyin töda-töda bölib işdan böşab, boşqa işlarga ötib, agentlik yetkazgan zararni böynimizdan soqit qilişga 6 oy ketdi”, – deydi yana bir murojaat qilgan şaxs.
Kun.uz muxbiri vaziyatni tekşiriş uçun 1176 qisqa raqamiga bir neça marotaba qönğiroq qilib kördi, avtomatik javob beruvçi ovozdan söng operator javobi kutilişi aytildi, ammo şu yerga kelganda aloqa uzilib qoldi. Qayta-qayta boğlanganda ham şu vaziyat takrorlanmoqda.
“Texnik nosozlik sabab işlamagan” – vazirlik
Holat yuzasidan izoh oliş uçun Bandlik vazirligining matbuot xizmati bilan boğlandik. Rasmiylarga köra, qisqa raqam bilan texnik boğliq nosozlik kuzatilgan, bu haqda 3 mart kuni ertalab bilişgan.












