Dunyodagi eng sermahsul qon donorlaridan biri vafot etdi. Uning plazmasi 2 milliondan ortiq çaqaloq hayotini saqlab qolişga yordam bergan.
Jyeyms Harrison Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels ştatidagi qariyalar uyida olamdan ötdi, deb xabar berdi BBC uning oilasiga tayanib. U 88 yoşda edi.
Avstraliyada uni “oltin qölli inson” deb ataşadi. Harrisonning qonida noyob anti-D antitanaçasi mavjud bölib, u homilador ayollarga ularning qoni hali tuğilmagan çaqaloqlariga salbiy ta’sir körsatişi mumkin bölgan hollarda beriladigan dorilarni tayyorlaşda qöllanadi.

Avstraliya Qizil Xoç qon xizmati ma’lum qilişiça, Harrison 14 yoşida kökrak qafasidan jiddiy operatsiya qilinayotgan paytda unga köp miqdorda qon quyilganidan keyin donor bölişga ahd qilgan.
U 18 yoşida qon plazmasini topşirişni boşlagan va 81 yoşga tölgunça har ikki haftada bir marta qon topşirib kelgan. 2005 yilda Harrison topşirilgan qon plazmasi miqdori böyiça jahon rekordini örnatib, bu unvonni 2022 yilgaça saqlab turgan.
Harrisonning qizi Treysi Mellouship otasi “heç qanday haq va oğriqsiz şunça odamning hayotini saqlab qolganidan juda faxrlanişini” aytdi.
Harrisonning qonida bu qadar köp anti-D qanday paydo bölib qolgani noma’lum — ba’zi ma’lumotlarga köra, bu unga 14 yoşida quyilgan qon bilan boğliq.
Ma’lumotlarga köra, Avstraliyada 200 nafardan kamroq anti-D donorlari mavjud, ammo ular har yili taxminan 45 000 ona va ularning bolalariga yordam beradi.
Mutaxassislar Harrison va boşqa donorlarning qon va immunitet hujayralarini laboratoriya şaroitida köpaytiriş orqali anti-D antitanaçalarni yetiştiriş ustida iş olib bormoqda. Tadqiqotçilar laboratoriya şaroitida yaratilgan anti-D bir kun kelib butun dunyodagi homilador ayollarga yordam berişiga umid qilmoqda.
















