Yakşanba kuni Özbekiston hududiga Kavkaz hududlaridan sovuq va nam havo massalarining kirib kelişi boşlandi va u duşanba kuni ham davom etadi, deya xabar bermoqda «Özgidromet» agentligi.

3 mart kuni hududning katta qismida qor yoğişi davom etadi va havo harorati 0…–5 daraja atrofida böladi. Kunning ikkinçi yarmida Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida qor yoğişi töxtaydi.

Seşanba kuni Özbekistonning barça viloyatlarida yoğingarçiliksiz ob-havo bölişi kutilmoqda. Faqat respublikaning ayrim toğli hududlarida biroz qor yoğişi mumkin. Keçasi va ertalab sovuq antitsiklon ta’siri saqlanib turadi. Harorat –2…–7 daraja atrofida böladi.

Kunduzi antitsiklon respublika hududidan asta-sekin çekina boşlaydi. Harorat +4…+7 darajagaça kötariladi, ammo bu mart oyi boşi uçun me’yordan nisbatan pastdir, deyiladi xabarda.

Respublikaning ayrim joylariga tuman tuşişi mumkin. 5–6 mart kunlari Özbekistonning barça hududlari böyiça yoğingarçiliksiz ob-havo bölişi kutilmoqda. Juma kuni respublika böyiça ba’zi joylarda (Farğona vodiysidan taşqari) yana yomğir körinişidagi yoğingarçilik bölişi kutilmoqda. Faqat Özbekistonning şimolida – Ustyurtda va Orol böyi hududlarida yomğir qorga aylanişi mumkin.

Hafta örtasidan harorat jadal kötarila boşlaydi va 6–7 mart kunlariga borib, keçalari +5…+8 darajani, kunduz kunlari +14…+17 darajani, janubda +20…+22 darajani taşkil etadi.

3 mart va 7 mart kunlari respublika böyiça ba’zi joylarda şamol tezligi 17–22 metr/soniyagaça kuçayadi, ayrim joylarda ba’zida 23–25 metr/soniyagaça kuçayişi mumkin.

Toşkent şahrida 3 mart kuni vaqti-vaqti bilan qor yoğadi. Harorat 0…–2 daraja böladi. 4–6 mart kunlari yoğingarçilik kutilmaydi. 7 martda keçga tomon yomğir yoğişi mumkin. Harorat 4 mart kuni keçasi –3…–5 daraja, kunduzi +5…+7 daraja böladi. 5–7 mart kunlari harorat keçalari +4…+7 darajagaça, kunduz kunlari +14…+17 darajagaça kötariladi.