Konstruktiv fikr almaşiş çoğida ikki tomonlama Özbekiston-Afğoniston savdo-iqtisodiy munosabatlarining bugungi holati va uni rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi. Suhbat davomida özaro savdo hajmini 3 milliard dollarga yetkaziş böyiça aniq çora-tadbirlar belgilandi.

Savdo bilan bir qatorda qişloq xöjaligi, töqimaçilik, farmatsevtika, oziq-ovqat va toğ-kon sanoati sohalarida ham özaro manfaatli hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini kengaytiriş böyiça navbatdagi tadbirlar körib çiqildi.

Taşrif doirasida har ikki tomondan 60 ga yaqin tadbirkorlar iştirokida B2B muzokaralari taşkil etilib, unda işbilarmon doiralar vakillari yangi aloqalarni örnatiş, yangi qöşma loyihalar va savdo şartnomalarini amalga oşirişning amaliy jihatlarini muhokama qiliş imkoniga ega böldi.