Toşkent şahrida tergovçi jinoiy jazoga tortildi. U huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda pora bilan uşlangan.
Kun.uz örgangan sud hujjatida keltirilişiça, 1998 yilda tuğilgan N.H. Bektemir tuman IIO FMB tergovçisi lavozimida işlab kelgan. U 2024 yil 17 sentabr kuni iş yurituvidagi jinoyat işi böyiça ayblanuvçi tariqasida jalb etilgan fuqarodan «qamoq» ehtiyot çorasi qöllamaslik evaziga 500 dollar olganda uşlangan.
N.H. sudda aybiga umuman iqrorlik bildirmagan va öziga nisbatan oqlov hukmi çiqarişni söragan.
“Gumonlanuvçiga Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi bilan ayblov e’lon qilib, unga nisbatan garov ehtiyot çorasini tanlaganligi haqida qarordan bir nusxa berdim. U işini qonun doirasida tez körib berganim uçun rahmat sifatida 500 dollar berib ketişini aytdi. Unga öz işimni qilganimni, buning uçun pul kerakmasligini, dastlab garov pulini tölaşini, agar xohlasa sud hukmi öqilganidan söng kelib rahmat aytib ketsa bölaverişini bildirdim”, degan u öz körsatmasida.
Tergovçi pulni özining xizmat xonasida olgan.
“Nusxa oliş uçun fuqarolik pasportini berdi. Pasportning çetidan pullar çiqib turganligini körib, rahmat sifatida bermoqçi bölgan pullarini olib kelganligini bildim. Undan pasportni olib, içidagi pullarni stolning yonidagi tumbaga tökdim. U rahmat sifatida bergani uçun pullarni oldim. Agar pullarni pora tariqasida berayotgan bölsa kerakmasligini bir neça marotaba aytib ötdim”, degan N.H. körsatmasida.
Tergovçining aybi guvohlarning körsatmalari, sud-kimyoviy ekspertiza xulosasi va boşqa dalillar bilan öz isbotini topgan, deb hisoblangan.
Jinoyat işlari böyiça Mirzo Uluğbek tuman sudining hukmi bilan N.H. Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 3 yil IIV tizimida işlaş huquqidan mahrum qilingan holda 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
2024 yilda mansabdor şaxslarning jinoyat sodir etiş holatlari keskin köpaydi

















