Yaponiyalik işlab çiqaruvçilar keksalar uçun turli murakkablikdagi parvariş vazifalarini bajara oluvçi robotni taqdim etdi. 150 kilogrammli humanoid robot bemorlarning tagliklarni almaştiriş, yotoq yarasining oldini oliş uçun ularni ağdarib turiş, ularga ötirişga yordam beriş, paypoq kiydiriş, tuxum qovuriş, kiyimlarni taxlaş va boşqa maişiy yumuşlarni bajara oladi.

Uşbu qadam Yaponiyaning keksayib borayotgan aholisi va qariyalarni parvarişlaş sohasida işçilar yetişmasligi muammosini hal qilişda muhim bosqiç böldi. Mamlakat dunyodagi eng keksa davlat hisoblanadi: Soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotlariga köra, 2024 yilda mamlakatda yangi tuğilgan çaqaloqlar soni rekord darajadagi past körsatkiçga yetgan — 720 988 kişi, bu avvalgi yilga nisbatan 5 foizga kam.

“Qariyalarga ğamxörlik qiliş sohasi keskin kadrlar tanqisligini boşdan keçirmoqda. Hukumat ma’lumotlariga köra, dekabr oyida har 4,25 ta böş iş örniga atigi bitta talabgor töğri kelgan. Biz zörğa suzyapmiz va 10-15 yildan keyin vaziyat yanada halokatli böladi”, — dedi Zenkoukai nomli keksalarni parvarişlaş muassasalari operatori direktori Takaşi Miyamoto.

Olimlarning fikriça, odamlarga ğamxörlik qiliş uçun robotlarni yaratiş yangi darajadagi aniqlik va intellektni talab qiladi.

“Humanoid robotlar butun dunyoda işlab çiqilmoqda, lekin ular kamdan kam hollarda odamlar bilan töğridan töğri muloqotga kirişadi, asosan fabrikalardagi yoki uydagi vazifalarni bajaradi. Çunki odamlar bilan özaro aloqada bölganda, xavfsizlik masalalari va robotning harakatlarini har bir insonning şaxsiy ehtiyojlariga moslaş muammolari paydo böladi”, — dedi Vaseda universiteti professori Şigeki Sugano.

Tadqiqotçilar AIREC’ni 2030 yilgaça işga tuşirişni rejalaştirmoqda. Kamtarona hisob-kitoblarga köra, bunday qurilmaning dastlabki narxi 10 million iyenadan (taxminan 67 ming dollar) boşlanadi.

Ijtimoiy soha vakillari robotning kelajagiga ehtiyotkorona optimizm bilan qaraşmoqda. Mutaxassislarning fikriça, bunday murakkab işda maşinalar hali odamlarning örnini töliq bosa olmaydi.