Donald Trampning Yevropaga nisbatan siyosati tobora aniq tus olmoqda: u Yevropa davlatlarini xavfsizlik masalasida mustaqil harakat qilişga undayotgan bölsa-da, AQŞning strategik ta’sir doirasini saqlab qoliş niyatidan qaytmagan. Agar Tramp Yevropani özidan uzoqlaştirsa, bu uzoq muddatda AQŞga ehtiyojning pasayişiga olib kelişi mumkinmi? NATO doirasidagi moliyaviy majburiyatlar bahsi ortidan Yevropa yetakçilari öz harbiy salohiyatini oşiriş harakatiga tuşmoqda.
Şu kabi mavzular Kun.uz’ning“Geosiyosat” dasturida muhokama qilindi.
Tramp Yevropani özidan uzoqlaştirsa, keyinçalik AQŞga ehtiyoj pasaymaydimi?
Şuhrat Rasul: Liderlarning sönggi vaqtlarda berayotgan intervyulari, matbuotdagi çiqişlarini diqqat bilan kuzatsak, şuningdek Germaniyaning bölajak kansleri Fridrix Mers hali keskin qaror qabul qilgani yöq. Lekin Fransiyadan kafolatlar sifatida yadro zontigini söradi. Hali Tramp “Biz Germaniyadagi yadro qurollarni olib çiqib ketamiz”, deb aytgani yöq. U faqat, “Agar men aytganlarni qilmasalaring, pullarni köpaytirmasalaring, NATOga köproq pul ajratmasalaring deb alyans siyosati haqida gapirgan edi. Lekin “qurollarni olib çiqib ketamiz”, degani yöq edi. Şunga qaramay, Fridrix Mers aytyaptiki, “Bizga yangi yadro zontigi kerak”, va Fransiyaga murojaat qilyapti, Makron ham buni qandaydir ijobiy hal qilganday bölyapti.
Qayta-qayta aytilayotgan gaplar: Yevropa baribir özining qandaydir qurolli kuçlariga ega bölişi kerak degan gaplar endi yuz bergan voqeadan keyin tezlaşadi. Lekin hali Oq uy eşiklar yopilgani yöq. Buni Amerika ma’muriyati va şaxsan Trampning özi ham oxirida aydti va “Qaçon tinçlik şartlariga tayyor bölsangiz yana qaytib keling”, dedi. Yevropa liderlari örtaga tuşib vositaçi bölişga harakat qilsa kerak.
Zelenskiyning xatolaridan biri 2014 yildagi voqealarni eslamaslik kerak edi. Şunday qilib u yöq joydan öziga özi muammo yaratib oldi.
Jahon uruşlari kabi dunyoda özaro “Ittifoqlar davri” boşlandimi?
Oybek Sirojov: Yöq, hali ungaça vaqt bor. Yevropaning qudrati bu iqtisodiyoti bilan, öşa integratsiyasining özagi ham iqtisodiyot bilan boğliq. Lekin iqtisodiyotni, ya’ni iqtisodiy rivojlaniş bilan harbiy rivojlanişni taqqoslaydigan bölsak, bir-biriga qarama-qarşi tomonda. Ya’ni harbiy qudratni rivojlantiriş uçun ma’lum bir iqtisodiyotdan, ijtimoiy masalalardan voz keçişga töğri kelmoqda. Mana bugun Yevropa oldida endi dilemma paydo böldi. Demak, endi yuqorida ta’kidlab ötilgandek, agar özi mustaqil özining xavfsizligini yoki butun Yevropaning xavfsizligini ta’minlaş uçun mavjud iqtisodiy birlikdan voz keçib, asosiy e’tiborni harbiy sohaga qaratiş kerak bölsa, bunga jamiyat qançalik tayyor? Hukumatlar qançalik tayyor? Bunga siyosiy bardoş yeta oladimi degan savollar yuzaga keladi.











