Germaniya janubi-ğarbidagi Manheym şahrida avtomobil odamlar ustiga haydaldi, deb xabar beradi mahalliy Mannheim 24 naşri. Ma’lumotlarga köra, qora yöltanlamas şahar markazi böylab katta tezlikda harakatlangan; bir neça kişi jarohat olgan.
Manheym şahridagi universitet şifoxonasi intensiv terapiya bölinmasida «trevoga» e’lon qilingan. Mannheimer Morgen naşrining yozişiça, hodisa oqibatida kamida bir kişi halok bölgan. Bild’ning xavfsizlik xizmatidagi manbalariga tayanib ma’lum qilişiça, halok bölganlar soni ikki kişini taşkil etmoqda.
Tabloid ma’lumotlariga köra, avtomobil Galeria Kaufhof savdo markazi yaqinidagi piyodalar hududida bölgan odamlarni bosib ketgan. Mazkur hududda, şuningdek, yarmarka faoliyat yuritmoqda. Maşina haydovçisi qölga olingani aytilmoqda.
Manheym politsiyasining qayd etişiça, şahar markazida operatsiya ötkazilmoqda. OAVga köra, Manheymda yöl va köpriklar yopilgan, şahar ustida vertolyot aylanmoqda.
Bu Germaniyada uç oy içida uçinçi marotaba odamlar ustiga maşina haydalişidir. 20 dekabr kuni Magdeburgdagi rojdestvo yarmarkasida yuz bergan voqea oqibatida beş kişi halok bölgan, 200 dan ortiq inson jarohat olgandi.
13 fevral kuni esa maşina Myunxenda ötkazilgan kasaba uyuşmalari namoyişi iştirokçilari ustiga haydalgan edi. Oqibatda 28 kişi jarohat olgandi. Politsiya avtomobilni boşqargan 24 yoşli afğonistonlikni qölga olgan.












